Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Бондаренко О.Н. 
Определитель высших растений Каракалпакии. Ташкент, «Наука», 1964. 


Hayvonotlar dunyosining tarqalishi bo`yicha to`qaylar Amudaryo del`tasida 
ikkinchi biotopti tashkil qiladi. To`qaylar bu territoriyada asosan yog`ochlar va 
butalardan tarkib topgan bo`lib, ular xayvonlarning tur tarkibi bo`yicha birinchi 
biotopga qaraganda bir qancha boy. 
To`qaylarda bo`g`imoyoqlilar so`na, pasha, kanalarning bir necha turlari juda 
ko`p. Ular odatda territoriyadagi sigir, yilqi va qo`y-echkilar uchun zararli. Bu qon 
so`ruvchi parazitlar chorva mollarining mahsuldorligini kamaytiradi, ularga har xil 
havfli yuqumli kasallarni tarqatadi. 
Bu biotopdagi hayvonlarning eng xarakterli vakillari: er-suv hayvonlarigan 
qurbaqa, yashil kurbaqa, sudralib yuruvchilardan cho`l kaltakesagi, suvilon, poloz, 
cho`l toshbaqasi va b. 
To`qaylarda qushlarning turlari juda ko`p (116). Ularning 57 turi uyalaydi, 24 
turi uchib kelib-ketish vaqtida uchraydi, 18 turi qishlaydi, 16 turi turoqli yashaydi, bir 
turi ayrim yillardagina uchraydi.
1
To`qaylarda bulbul, tiq-tiq, sariq chumchuq, 
qurqilday, to`qildoq, kuygalak, qirg`iy, to`qay boyqushi, kozodoy, kichik qumri
quladin, miyqi, choyqush, katta Buxoro sinitsasi, ko`kqarg`a, mayna, torg`ay va 
qirg`ovul uchrashadi. Bu biotopda sut emizuvchilarning 24 turi hisobga olinib, ular: 
yulg`un katta sichqoni, qamish mushugi, tipratikan, sasiqkuzan, shoqol, yovvoyi 
cho`chqa va quyon. 
«Bodayto`qay» (hozirgi kunda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati) 
qo`riqxonasining ochilishi bilan 1973 yili «Romitan» va «Payg`ambarorol» 
qoriqxonalaridan 13 bosh Buxoro bug`usi - xongul maxalliylashtirilgan, hozirgi 
kunda ular ko`paymoqda. 
Uchlamchi biotopni Amudaryo del`tasidagi ko`llar, qamishzorlar va daryoning 
tarmoqlariga xarakterli xayvonot dunyosi tashkil qiladi. Bevosita suv bilan bog`liq 
bo`lgan qushlarning tur tarkibi bo`yicha bu xudud birinchi va ikkinchi biotoplarga 
qaraganda ancha boy ekanligi bilan ajralib turadi. 
Orol dengizi bilan Amudaryoning quyi oqimida baliqlarning 38 dan ortiq turi 
uchraydi.
2
Ularning ichidagi eng xarakterlisi: sazan, sudak, tolstolobik, karas, oq 
amur, laqqa, suven va b. 
1958-1960-yillarda Amur daryosi basseyni va Xitoydan ko`paytirish maqsadida 
O`rta Osiyoga bir necha baliqlarning turi olib kelindi. Ularning hozirgi vaqtda Quyi 
Amudaryoda uchraydiganlari: oq amur, qora amur, tolstolobik, chipor tolstolobik
ilonbaliq (zmeegolov), amur chebanogi va b. 
O`lkamizda «Qizil kitob» ga kiritilgan baliqlarning 9 turining to`rttasi 
respublikamiz suvlarida tirichilik qiladi. Ular: katta va kichik Amudaryo kurakburuni, 
marqa (lisach) va Orol to`qbalig`i (Aral`skiy losos`). Bulardan katta va kichik 
kurakburun endemik turlar bo`lib, er sharining boshqa hududida uchramaydish. 
Bu biotopda yil davomida, ayniqsa bahor va yoz oylarida g`oz, o`rdakning 19 
turi (pishildoq qush, sur g`oz, olao`rdak, kichik o`rdak, olmabosh o`rdak, oq qanot 
o`rdak, bigiz quyruq o`rdak va b.), baliqchi qushlarning 35 turi (kichik zuyak, 
sinchalak, qiziloyoq va b.), uzunoyoqlilarning 10 turi (ko`k qutan, sariq qutan
1

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin