O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova


 Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni elektrokimyoviy eritish



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

 
6.2.4. Mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni elektrokimyoviy eritish 
Bunday eritishda eritish va mis poroshogi olish jarayonlarini bir apparatda-
elektrolitik vanna, elektrolizerlarda olib boriladi. Moslama quyidagi qismlardan 
tuzilgan: korpus, anod korzina, qopqoq, katodlar, anod kontakt, anod shina, katod 
shina, izolyator. Izolyator - elektr toki va issiqlikni o‗tkazmaydigan modda va 
materiallardan tayyorlangan uskuna. 
Po‗lat-mis bimetall chiqindilarini ammiak eritmasida qayta ishlash 
texnologiyasi ustida hozirgi kunda juda katta izlanishlar olib borilmoqdi va buning 
samarasida ushbu texnologiya takomillashdi. Bu jarayon silindrik elektrolizerda 
olib boriladi (6.13-rasm). 


179 
6.13-rasm. Bimetall chiqindilarni qayta ishlash uchun tajriba elektrolizeri: 
1-
korpus; 2-anod savat; 3-qopqoq; 4-katodlar; 5-anod kontakt; 6-anod shina (maxsus 
elektr o‗tkazgich); 7-katod shina; 8-izolyatorlar. 
Po‗lat listlardan tayyorlangan va viniplast bilan qoplangan elektrolizer 
qoplamasi izolyatorlarga o‗rnatilgan. Chiviq shaklidagi zanglamaydigan po‗latdan 


180 
tayyorlangan anod savat quyidagi o‗lchamlarga ega: 
- elektrolit yuklanadigan qismning balandligi, mm - 880; 
- ichki diametr, mm - 1100; 
- savat hajmi, kg - 300-350. 
Savat anod shina (maxsus elektr o‗tkazgich) lardan oziqlanadigan uchta 
kontaktga ega. Elektrolizer korpusi va anod savat o‗rtasida 28 ta zanglamaydigan 
po‗latdan tayyorlangan katod plastinalar joylashgan. Katod o‗lchamlari 
quyidagicha: 
- eni, mm - 100; 
- uzunligi, mm - 1100; 
- qalinligi, mm - 2. 
- katodlarnig umumiy yuzasi, m
2
- 3,08; 
- ishchi yuzasi, m
2
- 2,46.
Katod shina (maxsus elektr o‗tkazgich) lar bilan plastinalar tekis mis 
kontaktlari bilan biriktirilgan. Elektrolit yuqoridan elektrolizerning pastki silindrik 
qismidan chiqarib yuboriladi. 
Bimetall chiqindilari anod savatga yuklangandan so‗ng ishqoriy eritma bilan 
turli xil moylardan tozalanadi va suv bilan yuviladi. So‗ngra savat elektrolizerga 
joylashtirilib, 25-35
0
С haroratda va 570-810 A/m
2
tok zichligida elektrolit 
eritmada elektroliz qilinadi. Elektrolit eritma ammiakdan, ammoniy sulfatdan va 
mis kuporosidan tayyorlanadi. Elektroliz natijasida mis kukuni hosil bo‗ladi va 
apparatning silindrik qismiga cho‗kadi. Hosil bo‗lgan mis kukuni pulpa (bo‗tana) 
shaklida vaqti-vaqti bilan elektrolizerdan chiqariladi, bo‗tana sentrifugalanishi 
natijasida suyuq va qattiq fazalarga ajratiladi. 
Izlanishlar natijasida, po‗lat-mis bimetall chiqindilarini gidrometalurgik qayta 
ishlashning quyidagi optimal parametrlari aniqlanadi: 
1)
elektolitdagi misning miqdori, g/l - 10-15; 
2)
tokning katod zichligi, A/m

- 600-700; 
3)
elektrolizning davomiyligi, soat - 6-8. 
Ushbu parametrlar jarayonning tok bo‗yicha chiqishini 75-77 % bo‗lishini 


181 
ta‘minlaydi. Shu bilan birga elektr-energiyaning sarfi 4900-5500 kVt

soat/t ni 
tashkil qilib, kukun va chiqindilardan misni erish darajasi - 98,5-99,5 foiz bo‗ladi. 
Mazkur yaratilgan texnologiyada po‗lat-latun bimetall chiqindilarini ham qayta 
ishlash mumkin. Bunda tok zichligi 350 A/m
2
va elektrolitda mis va ruh 
konsentratsiyasi 1:1, 1:1,5 va 1:2 nisbatda bo‗lishi kerak. Bunda kukundagi ruh 
miqdori 0,4; 2,63 va 3,27 foizni (mis va ruhni nisbatiga bog‗liq holda) tashkil 
qiladi. Tok zichligini ortishi bilan, kukundagi ruh miqdori tezda ko‗payadi (10-20 
foizgacha). 
Bimetall chiqindilarni gidrometallurgik qayta ishlash mis va ruhni ajralish 
darajasini yuqoriligini ta‘minlaydi. 
Bir qancha horij korxonalarida bimetall chiqindi ammiakli eritmalarda tanlab 
eritilmoqda va misni ekstragentlar va gaz holatidagi vodorod yordamida selektiv 
ajratib olinmoqda. Birinchi usulda reekstraksiyalashdan so‗ng eritma elektroliz 
qilinadi va yuqori tozalikdagi katod mis olinadi. Ikkinchi usulda mis kukuni 
olinadi. 
Tarkibida 20 foiz atrofida mis bo‗lgan elektrodvigatel chiqindilarini qayta 
ishlash texnologiyasi, bimetall chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasida unchalik 
ko‗p farq qilmaydi. Elektrodvigatel chiqindilari tarkibida organik laklarni va 
izolyasion materiallarni borligi, ularni gidrometallurgik qayta ishlashdan oldin 
oksidlantirmaydigan qizdirish (500-600
0
C) ni talab qiladi.
Bimetallardan mis kukunini ishlab chiqarishni texnologik sxemasi 6.14- 
rasmda keltirilgan. 


182 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin