yoki uning yordamida o‘g‘irlik sodir etish. Birinchi turdagi jinoyatlar
EHM egasiga ziyon yetkazish, EHMni
ishdan chiqarish maqsadida
amalga oshiriladi. Jinoyatchi tomonidan o‘chirib yuborilgan magnit
tasmadagi axborotni tiklash juda ko‘p vaqtni va katta pul mablag‘larini
taqozo etadi. EHMlardan axborotni hamda qimmatli dasturlarni
o‘g‘irlash raqibni obro‘sizlantirish yoki raqib firma ma’lumotlarini
tarqatish maqsadida amalga oshiriladi. Bu jinoyatlarni sodir etadiganlar
firma, kompaniya to‘g‘risida ma’lumotlarga
hamda EHMga kirish
imkoniyati bo‘lgan shaxslardir. Bunday xatti-harakatdan maqsad
kompyuter yordamida shaxsiy maifaatni qondirishdir.
Jinoyatchilar tovar va mulklarni o‘g‘irlash bilan birga,
EHMga
tovarlarni belgilangan joyga jo‘natish xususida buyurtmalarni
kiritishi va shunga yarasha qo‘llanmalarni ishlab chiqishi mumkin.
Eng ko‘p xavf moliya sohasidagi jinoyatlardan yuzaga keladi.
Hisoblash texnikasi orqali amalga oshirilgan oddiy firibgarliklar
jinoyatchilarga soxta jamg‘armalarni
va ularga foydalarni olish
imkonini beradi. Bir necha yillik tajriba hamda tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, axborotning EHM orqali o‘tishining barcha
bosqichlarida u jinoiy tajovuzga duch kelishi mumkin ekan.
Jinoyatchilar EHMlarga yolg‘on yoki eskirgan, soxta hisob raqamlari
va shu kabilarni kiritishlari va
natijada katta daromadlarni
o‘zlashtirishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: