Iv bob. “Ikkinchi” xufyona iqtisodiyotning umumiy tavsifi


Davlat huquqlarini poymol etish – daromadlarni



Yüklə 174,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix20.11.2023
ölçüsü174,67 Kb.
#163098
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Hufyona iqtisoiyot-5

 
5. Davlat huquqlarini poymol etish – daromadlarni 
soliqlardan yashirish, ekologik qonunchilikni buzish. 
Davlat moliya tizimiga tajovuz bilan bog‘liq jinoyatlar. 
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, korporatsiyalarning tashqi savdo 
operatsiyalaridan va shu kabilardan keladigan foydadan to‘lanishi 
lozim bo‘lgan soliqlardan bo‘yin tovlash bo‘yicha faoliyatlari 
iqtisodiyotga sezilarli ziyon yetkazadi. Odatda, korporatsiyalarning 
bunday xatti-harakatlariga boshqa, masalan, subsidiyalar, kreditlar 
bo‘yicha tovlamachilik, foydani yashirish va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Kompaniya va firmalar yana soxta firmalarni tashkil qilish, foydani 
filantrop, xayriya fondlariga (ular soliqlardan ozod qilinganlar) 
o‘tkazish, hisob raqamlarini yashirish, balans vedomostlarini 
qalbakilashtirish kabi ishlardan keng foydalanadilar.
 
Ushbu qonunbuzarliklarning ko‘pchiligi kundalik hayotimizda 
shunchalik ko‘p uchraydiki, ularni me’yordan og‘ish deb qabul qilib 
bo‘lmaydi. Masalan, tijorat borasidagi poralarning ish yuzasidan pora 
(pora oluvchi o‘z funksional vazifasini bajarishi uchun olgan pora. 
Masalan, bojxona xodimi tovarlarni bojxona nazoratidan tezroq 
o‘tkazish uchun pora olishi) tadbirkorlik sohasida oddiy hol deb qabul 
qilingan. AQShda hatto xalqaro bitimlar tuzishda mavjud bo‘lgan 
komission mukofotlar (“choy-chaqa”puli)ni soliqqa tortiladigan 


summa miqdoridan (ya’ni soliqqa tortish bazasidan) chiqarib 
tashlashga ruxsat berilgan. Sekinlatadigan (to‘xtatadigan) poralardan 
foydalanishgina jinoyatchilik deb hisoblanadi. Bunday poralar mas’ul 
shaxs o‘z fuknsional majburiyatlarini sekin bajarishi (bajarmasligi) 
uchun beriladi (masalan, bojxona xodimi kontrabandani o‘tkazib 
yuborishi). Qonuniy va noqonuniy o‘rtasidagi chegara soliq to‘lashda 
yanada nozikdir: “soliq to‘lashdan qochish”ning ikki xili mavjud – 
birinchisi, 
soliq 
to‘lovchi 
qonunchilik 
me’yorlarining 
kamchiliklaridan 
foydalanib, 
soliq 
to‘lovlarini kamaytiradi; 
ikkinchisi, soliq to‘lovchi qonunchilikni buzgan holda o‘z 
daromadlari hajmini yashiradi. 
Iqtisodiy jinoyatlarning ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan 
e’tirof etilgan aniq ta’rifi yuq. Shuning uchun ham hozircha ularning 
umumlashgan bir tasnifi xususida gap bo‘lishi mumkin emas. 
Jinoyatlar qonunlar asosida, ya’ni qaysi qonunlar buzilishiga qarab 
yoki jinoyatchi tajovuz qilgan ob’ekt yoki biron-bir iqtisodiy 
jinoyatga taalluqliligi nuqtai nazaridan guruhlanadilar. Bunday 
tasnifga asos qilib professor G. Kayzer (Germaniya) tavsiya etgan 
guruhlashni ko‘rsatish mumkin. 
1. Bank aksiyadorlik jamiyatlari tizimidagi, kredit muassasalari, 
sug‘urta va erkin raqobat (ishonchni suiiste’mol qilish), soxta 
bankrotlik hamda mualliflik huquqi va markirovka qoidalarini buzish 
bilan bog‘liq jinoyatlar. 
2. Soliqlarni to‘lashdan bosh tortish, subsidiyalar sohasidagi 
ko‘zbuyamachilik boj to‘lovi bilan bog‘liq jinoyatlar, ta’magirliq 
poraxo‘rlik. 
3. Mehnat muhofazasi sohasidagi qonunchilikni buzishlar, 
iste’molchilarga qarshi hamda atrof muhitni muhofaza qilishga qarshi 
qaratilgan jinoyatlar. 
4. Boshqa tovlamachiliklar va chayqovchilik. 
Professor N. Shneyder iqtisodiy sohadagi jinoyatchilarning 
ob’ekti bo‘lmish iqtisodiy tizimning uch sektorini alohida ajratadi: 
1) bank kredit sohasiga qarshi bo‘lgan jinoiy tajovuzlar; 
2) qurilish sohasida va ko‘chmas mulkka qarshi qaratilgan 
jinoyatlar; 


3) transport va sayohat, turizm sohasida amalga oshiriladigan 
jinoyatlar. 
XX asrning 80-90 yillarida g‘arb mutaxassislari o‘zlarining 
ushbu muammolarga bag‘ishlangan asarlarida sof iqtisodiy 
jinoyatlarning to‘la va aniq ro‘yxatini tuzishga harakat qildilar va bu 
ishda ular asosiy e’tiborni korporatsiyalarda amalga oshirilgan 
jinoyatlarga qaratdilar. Olimlar fikricha, korporatsiyalar tomonidan 
sodir etilgan jinoyatlar iqtisodiy jinoyatchilik ta’rifiga mos tushadi. 
Ularga quyidagi jinoyatlar turini kiritish mumkin. 
1. Aksioner, kompanon va ta’sischilarga ziyon yetkazilgan 
kapital mablag‘larni suiiste’mol qilishdan kelib chiqadigan jinoyatlar 
(buxgalteriya hujjatlaridagi, aksiyalar bo‘yicha sodir etilgan 
firibgarliklar, yo‘q kompaniyalarga aksiyalarni sotish va hokazolar). 
2. Depozit kapital (banklarga joylashtirilgan pul yoki 
qimmatbaho qog‘ozlar)ni suiiste’mol qilish, kreditorlarga ziyon 
yetkazish (soxta bankrotlik, tovlamachilik, subsidiyalar bilan 
firibgarlik qilish). 
3. Erkin raqobat qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar. 
4. Iste’molchi huquqini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar. 
5. Davlatning moliya tizimini buzishga qaratilgan jinoyatlar 
(masalan, foydani yashirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, ishlab 
chiqarish va savdo qonun qoidalarini buzish va boshqalar). 
6. Tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘lik jinoyatlar (masalan, 
atrof-muhitni ifloslantirish, qurilish normalari va nizomlarini buzish 
va boshqalar). 
7. Ijtimoiy cyg‘ypta va nafaqa to‘lash sohasidagi, texnika 
xavfsizligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar. 
8. Tijorat sohasidagi poraxurlik. 
9. Kompyuter texnikasi orqali amalga oshiriladigan jinoyatlar 
(xakerlar). 
Jinoyatning bu turlari o‘tgan asrning 70-yilaridan boshlab olimlar 
tomonidan iqtisodiy jinoyatlar toifasiga kiritildi, chunki ular 
natijasida yetkazilgan zararlar juda katta miqdorni tashkil qila 
boshladi. Shuni ta’kidlash lozimki, kompyuter jinoyatining hammasi 
ham iqtisodiy jinoyatlar toifasiga kirmaydi, ularning ba’zilari oddiy 
tovlamachilik bo‘lib, bu jinoyat zamonaviy texnika yordamida sodir 


etiladi. Ba’zi mutaxassislarning fikricha, bunday jinoyatlarni umumiy 
jinoyatlar toifasiga kiritish lozim. Ammo olimlar iqtisodiy jinoyatlar 
toifasiga ma’lumotlarni yoki dasturlarni soxtalashtirish (kompyuter 
manipulyatsiyalari), kompyuter sabotaji va mashina vaqtini o‘g‘irlash 
kabi jinoyatlarni qo‘shmoqdalar.

Yüklə 174,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin