54
foydalangan xolda mizojning barcha harakatlarini kuzatib turish kabi
innovatsion imkoniyatini amalga oshirish;
Qiymat hosil qilishning gorizontal zanjirlari sonini kamaytirish;
Tranzaktsion harajatlarni imkon darajasida kamaytirish;
Innovatsiyalarning hayotiy tsiklini imkon darajasida kamaytirish;
An’anaviy kompaniyalarning elektron hizmat ko’rsatishning
yangi
bozorlariga o’tishini ta’minlash;
Elektron hizmat ko’rsatishning yuqori darajadagi sifatini ta’minlash;
4.0 Industriyaning iqtisodiyot va ishlab chiqarishning barcha sohalarga
kirib borishini amalga oshirish;
Ekotizimlilikni ta’minlash, ya’ni, dasturiy ta’minotning turli xil avtonom
qismlari birgalikda ishlashiga va ish oqimlari ansambllariga aylanishiga
erishish.
Bunda gap nafaqat biznesni internetda tashkil qiladigan kompaniyalar haqida,
balki iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish
faoliyatini offlayn usulda
olib boradigan tashkilot va kompaniyalar haqida ham boradi (
masalan, qishloq
xo’jaligi, sanoat, tog’-kon metallurgiyasi, hizmat ko’rsatish va boshqalar
).
Endi rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli iqtisodiyotning asosiy
ko’rsatgichlari va o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz:
Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi
hizmatlarning yuzaga kelishi.
1990 yildan hozirgi
davrgacha qadar internet
tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga
asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo
bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar,
internet qidiruv tizimlari,
internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi
turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni
keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo
Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng
4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015
yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan.
55
Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi
borgan sari ortib
bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va
boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish
hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda.
Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar
talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga
esa katta miqdordagi
investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.
Elektron
biznes
sohasidagi
kompaniyalarning
kapitalizatsiyasi
foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi
.
Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishlariga
sabab bo’ladi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: