Artpedagogika - san’at pedagogikasi bo‘lib nazariya va
amaliyotni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi, badiiy rivojlanish
jarayonining nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishni, badiiy-ijodiy va
ijodiy faoliyat orqali individual madaniyatning asosini tashkil etadi.
San’atni rivojlantirish orqali shaxslarni tarbiyalash, tayyorlash va
rivojlantirish; badiiy madaniyatning asoslarini shakllantirish va turli xil
badiiy faoliyat turlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Musiqiy pedagogika -
musiqiy ta’lim va tarbiyaning samarali
usullarini, shakllarini o‘rganish va rivojlantirish, shuningdek musiqa
sohasida turli yo‘nalishlarda ijodiy ko‘nikmalarni, tajriba va amaliy
malakalarni shakllantirish va rivojlantirishni o‘z ichiga olgan
pedagogika fanining sohasi.
Harbiy pedagogika - harbiy pedagogik jarayonning qonuniyatlari,
harbiy kadrlar va harbiy guruhlarni o‘qitish usullari, ularni
muvaffaqiyatli jangovar operatsiyalar va harbiy-kasbiy faoliyat uchun
tayyorlashga qaratilgan pedagogika fanining bir bo‘limi.
Mehnat pedagogikasi- a
sosan axloq tuzatish muassasalarida
jinoyatchilarni tarbiyalash va qayta tarbiyalashning shart-sharoitlari va
xususiyatlarini o‘rganadigan pedagogikaning sohasi.
Teatr pedagogikasi -
zamonaviy pedagogikaning amaliy jihati
bo‘lib, ta’lim jarayonida voqelik, yashash, shaxsiy ijodiy harakatlar va
improvizatsiya tamoyillarini tatbiq etuvchi, intellektual, hissiy
tuyg‘ularni aks ettiradigan fan.
Muzey pedagogikasi - muzeylarning madaniy va ma’rifiy
faoliyatining xususiyatlari, ularning turli toifalari bo‘yicha shaxsga
ta’sir o‘tkazish usullari, muzeylarning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro
munosabatini o‘rganadigan fan.
Turizm pedagogikasi - bu turizmning gumanitar va ijtimoiy
funksiyalari kontekstida shaxsning tarbiyasi, ta’limi va rivojlanish
jarayonlarini o‘rganadigan fan.