200
yo’qligi asbobning sinishiga yo’l qo’ymaydi hamda teshiklarning aniq ochilishini
ta’minlaydi. Shuning bilar birgalikda ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
Lazer texnologiyasi bilan parmalash, ayniqsa soatsozlikda yoqut toshlar,
olmos tola va filtrlarni ishlab chiqarishda keng qo’llanilmoqda. Shunday toshlarni
parmalab ma’lum katta-kichiklikda parmalar yordamida
teshikchalar ochish
(diametri 0,05 mm) uchun 10-25 minutgina kifoya.
O’tgan asrning 60-yillaridan beri kam unumli parmalash metallarni
bug’lantirish yo’li bilan teshik ochishga mo’ljallangan lazerli asboblar bilan
almashtirilgan. Lazer qurilmalarining ishlab chiqarish
unumdorligi bir sekundda
bir teshik parmalash bilan tengdir. Bu esa mexanik parmalashdan ming marta
yuqori unumdorlikka ega degan gapdir.
Juda ingichka sim olish uchun simlar juda kichik diametrli teshikchalardan
o’tkazilib ingichkalashtiriladi. Bu teshikchalar (ingichkalashtirish kanallari) juda
qattiq
metallar, masalan olmosli qotishmalarga o’tkaziladi. Hammadan ham
olmosdan o’tkazilgan teshikchalardan simni tortish (olmosli tola va filerlar)
qulaydir. Lekin, eng yuqori qattiqlikka ega bo’lgan olmoslarni qanday qilib
parmalash mumkin? Masalan, ularni mexanik parmalash 10
soatdan ortiqroq
vaqtni talab etadi. Lekin, bu teshikchalarni kuchli lazer impulslariga ega bo’lgan
seriyalar bilan parmalash juda oson kechadi.
Lazerli usullar bilan olingan olmos tolalar ko’p mehnat talab qiladigan
operatsiyalar - filerlarda qora teshiklar ochish uchun qo’llaniladi. Lazerli parmalar
faqat qattiq materiallardagina emas, balki o’ta mo’rtligi
bilan ajralib turadigan
materiallarda ham teshikcha ochish uchun qo’llaniladi. Misol uchun kulolchilikni
olaylik. Lazerlar bilar sopolda diametri 10 mikrometrli teshikchalarni ham hosil
qilish mumkin. Mexanik parmalash bilan bunday teshikchalar
hosil qilish aslo
mumkin emas. To’quvchilik sanoati uchun filerlarni tayyorlash oddiy mexanik yo’l
bilan filer ishlab chiqarishda qo’llaniladigm plastinkalardan voz kechish imkonini
201
beradi. Darvoqe, kulolchilikda filerlardagi teshikchalami faqat lazerlar
yordamidagina ochish mumkin.
Lazer texnologiyasini muvaffaqiyafli qo’llab teshikchalar ochishda dinamik
muvozanatlashgan tez aylanuvchi detallar, turbina
rotorlar istiqbolli soha
hisoblanadi. Bir impuls lazer nurlanishida keragidan ortiq o’rtacha massadan bir
milligrammgacha metall olib tashlanadi. Teshikchalar ochish lazer texnologiyasi,
shuningdek
EHMlarda xotira plastinkasi, mikroskop va elektron nurlanish
trubkalari diafragrammalarini tayyorlashda ham qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: