203
(tasmalar) hosil qilish va h.k. amallar bajariladi. Tozalash uchun nurining diametri
3,5 mm bo’lgan yoqut (rubin) kristalli lazer ishlatiladi. Kremniy sirtida uglerod va
kremniy dioksidi pardalarini kuydirib yuborish uchun har birida 2 J/sm
2
bo’lgan
beshta ketma-ket impulslar energiyasi kifoya bo’ladi. Sirtni 16 ns davomiylikni
ikki-uch (2 J/sm
2
)
impuls bilan nurlantirilsa, sirtning monokristalligi tiklanadi (u
argon ionlari kirishidan buzilgan) va bir vaqtda argon ionlaridan tozalaydi. Metall
pardalari sirtini tekislash uchun ularni 1 mks davomida lazer nurlanishi bilan
qizdirish kifoya. Bu tekislash jarayonini vakuumda, havoda yoki inert gaz muhitida
o’tkazish mumkin. Kremniyning epitaksial qatlamlari sirtidagi o’tkir
chiziqlarni
bartaraf qilish uchun lazer ishlovdan foydalaniladi, agar kremniyni (0,2-0,8 J/sm
2
)
energiyali impulslar bilan nurlantirilsa, mazkur nuqsonlar (suyulib) to’la yo’q
bo’lib ketadi.
Yarimo’tkazgichga kirishmalar kiritish va ularni qayta taqsimlash
usullari.
Sirtiy qatlamlardan diffuziyalash usuli.
Bu
usul sirtiy manbadan
diffuziyalash usuliga o’хshaydi, ammo bunda legirlovchi kirishmani lazer
nurlanishi qizdiriladi. Sirt qatlami suyuladi va kirishma
suyulgan modda ichiga
Dostları ilə paylaş: