130
glyukoza va ksilandan besh atomli spirtlar, ksilozadan furfurol va boshqalar hosil
bo’ladi. Polisaxariddagi atsetal bog’larning gidrometik uzilish reaksiyasi vaqtida
glyukozid bog’ uzilib, natijada birinchi uglerod atomida aldegid va to’rtinchi
uglerod atomida gidroksil gruppa xosil bo’ladi:
5.12-rasm. Birinchi uglerod atomida aldegid va to’rtinchi uglerod atomida
gidroksil gruppa.
Oksidlanish destruksiyasi.
Polimerlar ham quyimolekulyar birikmalar
singari kislorod azon va boshqa oksidlovchilar ta’sirida oksidlanadi. Bunda
kimyoviy destruksiyadan farq qilib, polimer asosiy zanjirining uzilishi bilan bir
qatorda funksional gruppalar ham oksidlanadi. Shuning uchun oksidlanish
reaksiyasini boshqarish qiyin. O
3
ta’sirida polimer tarkibidagi qo’sh bog’ miqdori
aniqlanadi
.
Polimerlarni oksidlanishi erkin radikallar ishtirokida boruvchi zanjirsimon
jarayondir. Shunga asoslanib erkin radikallar hosil qilish qobiliyati yuqori bo’lgan
moddalar qo’shib bu jarayonni tezlatish, erkin radikallarni yutuvchi moddalar
qo’shib destruksiyani to’xtatish yoki sekinlatish mumkin. Ammo vaqt o’tib,
sarflanib bo’lgach destruksiya boshlanadi. Oksidlanish destruksiyasi uch
bosqichdan iborat – aktiv markazni hosil bo’lishi, zanjirni o’sishi va uzilishi. Aktiv
markazlar asosan peroksid birikmalarni parchalanish xisobiga boradi.
Dostları ilə paylaş: