Yarim o’tkazgichlarda elektr toki va uning kirishmalarga bog’liqligi.
Yarimo’tkazgichlar — elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi moddalar (o’tkazgichlar,
asosan metallar) va elektr tokini amalda o’tkazmaydigan moddalar (izolyatorlar
yoki dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallagan moddalar sinfi.
Yarimo’tkazgichlarning xossalari va xarakteristikalari ularning tarkibidagi
kirishmalarning mikroskopik miqdoriga kuchli bog’langandir. Yarimo’tkazgich
tarkibidagi kirishma miqdorini protsentning o’n millionli ulushlaridan to 0,1 — 1%
gacha o’zgartirib, uning elektr o’tkazuvchanligini millionlarcha marta oshirish
mumkin. Yarimo’tkazgichlarning boshqa bir muhim xossasi shundaki, ularda
elektr tokini o’tkazishda faqat manfiy zaryadlar — elektronlar emas, balki (qiymati
elektron zaryadiga teng) musbat zaryadlar — kovaklar ham qatnashadi (7.1-rasm)
154
7.1- rasm. O’tkazuvchan va valent zona.
Misol uchun yarim o’tkazgichning tipik vakili bo’lgan germaniyni qaraylik.
Uning tartib nomeri 32 va to’rtta elektron qobig’i mavjud: 1-qobig’ida 2 ta; 2-
qobig’ida–8ta, 3-qobig’ida–18ta, 4-qobig’ida esa 4 ta elektron joylashgan (7.2-
rasm).
Uchta ichki qobiqdagi elektronlar turg’un bo`lib, kimyoviy reaksiyalarda
ishtirok etmaydi. Oxirgi to’rtinchi qobig`’dagi elektronlar esa atom yadrosi bilan
juda kuchsiz bog’langan. (7.2-rasm)
7.2-rasm. Germaniy atomining tuzilishi.
155
Aynan shu elektronlar elementning boshqa atomlarning nechtasi bilan
kimyoviy bog’lanishga kira olish qobiliyatini ko’rsatib mazkur elementning
valentligini aniqlaydi. Shuning uchun ham oxirgi qobiqdagi elektronlarga tashqi
yoki valentli elektonlar deyiladi. Tashqi qobiqda to’rtta elektroni mavjud bo’lgan
germaniyning valentligi too’rtga teng. Mazkur atomga boshqa atomlar
yaqinlashganida valent elektronlar boshqa atomning valent elektronlari bilan oson
ta’sirlashadi va kimyoviy bog’lanish hosil qiladi. Atom qobig’iga ma’lum energiya
berilganda atomnig ionlashuvi ro’y berishi mumkin. Aynan so’nggi qobiqdagi
elektronni ozod qilish uchun eng kam energiya taqozo qilinadi. Germaniy, kremniy
va yarim o’tkazgichlarning boshqa bir qancha vakillari kristall moddalar
hisoblanadi. Ularning atomlari ma’lum qonuniyatlarga muvofiq joylashgan bo’ladi.
Agar hech qanday kirishmalar mutlaqo bo’lmagan ideal yarimo’tkazgich
kristallni olsak, uning elektr tokini o’tkazish xususiyati xususiy elektr
o’tkazuvchanlik deb ataluvchi kattalik bilan aniqlanadi. Kimyoviy jihatdan toza
yarim o’tkazgichlar xususiy yarimo’tkazgichlar deb ataladi. Ularga bir qator
kimyoviy toza elementlar (germaniy - Ge, kremniy - Si, selen - Se, tellur - Te) va
kimyoviy birikmalar (galliy arsenidi - GaAs, indiy arsenidi - InAs, indiy
antimonidi - InSb, Karbid kremniy - SiC va xokazolar) kiradi.
Yarimo’tkazgich kristallda atomlar tashqi elektron qobig’i elektronlari
yordamida o’zaro bog’langan. Atomlarning issiqlik tebranishlari vaqtida issiqlik
energiyasi bog’lanish hosil qiluvchi elektronlar orasida notekis taqsimlangan
bo’ladi. Ayrim elektronlar o’z atomidan uzilib ketish va kristallda erkin ko’cha
olish imkonini beradigan yetarli miqdordagi issiqlik energiyasiga ega bo’lib olishi
mumkin (boshqacha aytganda, ular o’tkazuvchanlik zonasiga o’tadi). Elektronning
bunday uzilib ketishi atomning elektr neytralligini buzadi, unda ketib qolgan
elektron zaryadiga miqdoran teng musbat zaryad vujudga keladi. Elektrondan
bo’shab qolgan bu holatni kovak deyiladi. Bo’sh holatni (vakant joyni) qo’shni
bog’lanishdagi elektron egallashi mumkin bo’lgani sababli kovak ham kristall
ichida ko’chib yura oladi va u musbat zaryadli tok tashuvchilik vazifasini o’taydi.
156
Tabiiyki, bunday sharoitda elektronlar va kovaklar teng miqdorda vujudga
keladi va bunday ideal kristallning elektr o’tkazuvchanligini ham musbat, ham
manfiy zaryadlar bir xilda belgilaydi.
Agar asosiy yarimo’tkazgich atomi o’rniga tashqi elektronlar qobig’ida
asosiy yarimo’tkazgich atomiga nisbatan bitta elektron ortiq bo’lgan kirishma
atomi joylansa, u holda bunday elektron kristalldagi atomlararo bog’lanish tashkil
qilish uchun kerakmasdek, o’z atomi bilan zaif bog’langandek bo’lib qoladi. Uni
o’z atomidan ajratib yuborish va erkin elektronga aylantirish uchun yakka atomdan
ajratish uchun kerak bo’ladiganidan o’nlarcha marta kam energiya yetarlidir.
Bunday kirishmalarga donor kirishmalar, ya’ni “ortiqcha” elektron beradigan
kirishmalar deyiladi. (7.3-rasm)
Elektronidan ajralgan kirishma atomi, tushunarliki, musbat zaryadlanadi,
ammo bu holda kovak paydo bo’lmaydi, chunki faqat atomlararo to’lmagan
bog’lanishdagi elektron vakansiyasi kovak bo’la oladi, mazkur holda esa barcha
bog’lanishlar to’ldirilgan. Bu musbat zaryad o’z atomi bilan bog’langanligicha
(harakatsiz) qoladi va elektr o’tkazish protsessida qatnasha olmaydi.
Yarimo’kazgichga tashqi elektronlar qobig’ida asosiy modda atomiga nisbatan
kamroq elektron bo’lgan kirishma kiritilsa, u to’lmagan bog’lanishlar, ya’ni
kovaklar paydo bo’lishiga olib keladi. Yuqorida aytilganidek, bu vakansiyani
qo’shni bog’lanishdagi elektron egallashi mumkin bo’lib, bunda kovak kristall
bo’yicha erkin ko’chish imkonini oladi. Elektronni “qabul qiluvchi” bunday
kirishmalarga akseptor kirishmalar deyiladi. (7.4-rasm)
U yoki bu tipdagi kirishmalar miqdori oshgan sari kristallning elektr
o’tkazuvchanligi borgan sari ravshan ifodalanadigan elektron yoki kovak
o’tkazuvchanlik bo’lib qoladi. Negativ va positiv degan lotin so’zlarining birinchi
harflari bilan muvofiq ravishda elektron elektr o’tkazuvchanlikka n-tip, kovak
elektr o’tkazuvchanlikka p-tip elektr o’tkazuvchanlik deyiladi.
157
7.3-rasm.
7.4-rasm.
Shu yo’sinda mazkur yarimo’tkazgich uchun harakatchan zaryad
tashuvchilarning qaysi tipi asosiy, qaysinisi asosiy emasligi ta’kidlanadi.
Kirishmalar mavjudligidagi (ya’ni kirishmali) elektr o’tkazuvchanliklar kristallda
avvalgidek ikki tipdagi tashuvchilar qolaveradi: yarimo’tkazgichga asosan
kirishmalar kiritish hisobiga paydo bo’lgan asosiy tashuvchilar va issiqlik harakati
taqozo qilgan asosiy bo’lmagan tashuvchilar bo’ladi. Muayyan yarimo’tkazgich
uchun ma’lum temperaturada
dagi elektronlar soni (konsentratsiyasi)
n
va
kovaklar soni
p
ko’paytmasi o’zgarmas miqdorlari soni bo’lishini ta’kidlab o’tish
lozim. Bu kirishmalarni kiritish hisobiga mazkur tipdagi tashuvchilar
konsentratsiyasini bir necha marta orttirib, boshqa tipdagi tashuvchilar
konsentratsiyasini o’shancha marta kamaytirish demakdir. Yarimo’tkazgichlaming
yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqadigan muhim xossasi ularning
temperaturaga va nurlanishga kuchli sezgirligidir. Temperatura ko’tarilgan sari
kristallda atomlaming tebranishlari o’rtacha energiyasi ortadi va tobora ko’proq
miqdorda bog’lanishlar uziladi. Tobora yangi va yangi elektronlar hamda kovaklar
juftlari paydo bo’ladi. Yetarlicha yuqori temperaturalarda xususiy issiqlik
o’tkazuvchanlik kirishma o’tkazuvchanligi bilan tenglashadi, hatto undan oshib
158
ketadi. Kirishmalar konsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, bu effekt shuncha
yuqoriroq temperaturada sodir bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |