D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


VIII BOB. OPTIK VA LAZER TEXNIKASI USULLARI



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

VIII BOB. OPTIK VA LAZER TEXNIKASI USULLARI. 
8.1.
 
 Optik spektraskopiya turlari va usullari. Magnitooptik usullar.
 
Spektroskopiya, 
jumladan, 
molekulyar 
spektroskopiya 
elektromagnit 
to’lqinlarning moddada yutilishi, qaytishi va sochilishi jarayonlari vositasida 
moddani tashkil etgan molekulalarning tuzilishi va xossalarini o’rganuvchi fandir.
Spektroskopik tadqiqotlarning obyekti sifatida turli agregat holatida bo’lgan 
turli-tuman moddalardan foydalanish mumkin. Bunday obyektlarning eng oddiy 
holi molekulalari bir-biridan, ularni mustaqil deb hisoblash mumkin bo’lgan 
masofada joylashgan siyraklashgan gazlardir. Eng murakkab holi esa har bir 
zarrachasi molekulalararo o’zaro ta’sirda ishtirok etuvchi kondensirlangan muhit 
hisoblanadi. Spektroskopik ma’lumotlardan nafaqat molekulaning tuzilishi va 
xossalari, shuningdek, molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari haqida, modda 
tuzilishi bo’yicha ham ma’lumotga ega bo’lish mumkin. 
Ma’lumki, elektromagnit nurlanish energiyasining to’lqin uzunligi bo’yicha 
taqsimlanishi spektr deyiladi. Nurlanishning modda bilan ta’siriga qarab nurlanish 
spektri, yutilish spektri, sochilish spektri va qaytish spektriga ajraladi.
Spektroskopiyani umumiy holda atom yadro spektroskopiyasi, molekulyar 
spektroskopiya va kristallar spektroskopiyasiga bo’lib o’rganiladi. Kogerent 
yorug’lik manbalari – lazerlar kashf qilinganidan keyin spektroskopiya yana 
kogerent nurlar spektroskopiyasi, ya’ni lazerlar spektroskopiyasi, kogerent 
bo’lmagan nurlar spekroskopiyasi – klassik spektroskopiyaga bo’lindi. 
Elektromagnit nurlanishning sohasiga qarab spektroskopiya: 

nurlar spekroskopiyasi (to’lqin uzunligi 
10
–10
-10
–11
m yoki chastotasi 
=3×10
18
-3×10
20
Hz),

rentgen nurlari spektroskopiyasi (to’lqin uzunligi 
10
-8
-10
-10
m yoki 
chastotasi =3×10
16
-3×10
18
Hz),


173 

optik spektroskopiya (to’lqin uzunligi 
10
-3
-10
-8
m yoki chastotasi
=3×10
12 
- 3×10
16
Hz, (bu sohaning o’zi yana infraqizil, ko’rish sohasi va 
ultrabinafsha sohalarga bo’linadi),

radiospektroskopiya (to’lqin uzunligi =10
–4
-10
-2
m yoki chastotasi =3×10
6
-
3×10
12
Hz (bunga mikroto’lqin spektroskopiyasi, EPR va YAMR ham kiradi) 
sohalarga bo’linadi.
Har bir soha molekulyar sistema harakatining ma’lum bir turi haqida 
ma’lumot beradi. Masalan, ko’rish va ultrabinafsha sohada elektron o’tishlar 
haqida ma’lumot olinsa, infraqizil sohada molekula atomlarining muvozanat 
vaziyati atrofida tebranishi haqida ma’lumot olish mumkin. 
Molekulaning spektri moddaning xususiyatlari haqida to’liq ma’lumot 
beradi. Molekulaning spektriga qarab nafaqat modda qanday molekulalardan 
tashkil topganligi haqida, hatto molekuladagi atomlarning o’zaro joylashishi, 
molekulalarning izomerlari haqida ham ma’lumot olish mumkin. Misol uchun
AlCl
3
, Al
2
Cl
6
, C
6
H
5
Cl va hokazo moddalarning tuzilishini keltirib o’tish mumkin. 
Molekulyar spekroskopiyaning muhim ustunliklaridan biri tajriba paytida modda 
holati va xususiyatlari o’zgarmay qoladi, ya’ni moddaning barcha xususiyatlari 
saqlanib qoladi. Molekulalarning spektri atomning spektriga nisbatan ancha 
murakkab. 
Molekulalarda elektronlarning harakati bilan birgalikda atom yadrolarining 
bir-biriga nisbatan tebranma harakati va fazodagi holatining davriy o’zgarishi 
aylanma harakati mavjud. Shuning uchun spektrni hosil qiladigan energetik 
sathlarning holatiga qarab aylanma, tebranma-aylanma, elektron-tebranma-
aylanma spektrlar mavjud (8.1-rasm). 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin