77
qo‘shilganda reaksiyaga kirishmay qolgan benzoy kislota tuzga aylanadi, ya’ni
benzoy kislotaning natriyli tuzi hosil bo‘ladi. Butun
aralashma dietil efir bilan
ekstraksiya qilinganda efirga o‘tmaydi. Ikki fazali aralashma ajratgich voronkaga
quyiladi va benzoyetil efir 3–4 marta dietil efir bilan (15 ml dan) ekstraksiya qilinadi.
Efir so‘rimlarini qo‘shib, kalsiy xlorid bilan quritiladi. Кeyin eritma Vyurs kolbasiga
quyiladi, dietil efir suv hammomida haydaladi. Кolbani quriguncha artib sovitgichni
havo sovitgichiga almashtirib, benzoyetil efir haydaladi. 210–214°C da qaynaydigan
fraksiya yig‘ib olinadi. Benzoyetil efirning unumi 11 g.
Benzoyetil efirni vakuumda haydash tavsiya etiladi.
Yuqoridagiga o‘xshash usul bilan dolchin kislotaning
etil efirini ham olish
mumkin (qaynash harorati 271°C).
Benzoy etil efir (etil benzoat, etilbenzolkarboksilat) – meva hidini eslatuvchi
rangsiz
suyuqlik, dietil efir bilan aralashadi. Etanol va xloroformga eriydi,
suvda
deyarli erimaydi (100 g suvda 0,08 g eriydi). Molekulyar massasi 150,18 g/mol;
suyuqlanish harorati– 34,6°C; qaynash harorati 212,6°C; d
20
D
1,047; n
20
D
=1,3200.
Dostları ilə paylaş: