7-mavzu.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili Dars o’quv maqsadi. Dars o’quv maqsadi bo’lib, Ishlab chiqarish hara-
jatlarining mohiyati, tarkibi,turkumlanishi, mahsulotni tannarxi hisoblash
tartibi va mahsulotni tannarxining iqtisodiy tahlil qilish usullarining
mazmun-mohiyatini yoritish va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar. Ishlab chiqarish xarajatlari.Xarajat
moddalari. Xarajatelementlari.Doimiy xarajaatlar.O’zgaruvchan xarajatlar.
Bevosita xarajatlar. Bilvosita xarajatlar. Tannarx.Mahsulot birligi tannarxi.
Maruzani o’tish usuli (metodi). Marua “Bilaman . Bilishni xohlayman .
Bilib oldim “ va aqliy hujum usuli (metodi)ni qo’llash orqali o’tiladi.
Asosiy savollar 7.1. Ishlab chiqarish harajatlarining mohiyati, tarkibi,turkumlanishi va tahlili
7.2. Mahsulotni tannarxi va uni hisoblash usullari.
7.3. Mahsulotni tannarxining tahlili va uni pasaytirish imkoniyatlari
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni 7.1.Ishlab chiqarish harajatlarining mohiyati, tarkibi, turkumlanishi va tahlili Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq xa-
rajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan
moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar,
yonilg’i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat
sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yu-
zaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:
1. Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra: - ishlab chiqarish
xarajatlari; - noishlab chiqarish xarajatlari.