•
Transformator
faqat
o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga
ulangandagina
ishlaydi,
o‘zgarmas tok tarmog‘iga
ulanganda
esa ishlamaydi, chunki birlamchi chulg‘am
o‘zgarmas tok tarmog‘iga ulanganda undan o‘tadigan
o‘zgarmas tok ferromagnit o‘zakda o‘zgarmas magnit oqimi
hosil qiladi. Magnit oqimi vaqt birligida o‘zgarmaganligi
sababli chulg‘amlarda EYuK (
Elektr yurituvchi kuch
)
hosil
bo‘lmaydi. Lekin zanjirda elektr tokining har qanday
o‘zgarishi chulg‘amlarda EYuK hosil bo‘lishiga
sabab
bo‘ladi. O’zgarmas tok tarmog‘iga ulangan
transformator
chulg‘amlarida EYuK ning hosil bo‘lishi, transformator
tarmoqqa ulanayotganda yoki uzilayotganda yaxshi seziladi,
chunki
transformator
tarmoqqa
ulanganda
uning
chulg‘amida tok noldan biror qiymatgacha ortib boradi yoki
u tarmoqdan uzilganda, tok kuchi biror qiymatdan nolgacha
kamaya boradi.
Elektr energiyasi ma’lum masofaga uzatilganda
liniya simlarida sodir bo‘ladigan
quvvat isrofi
mumkin qadar kam bo‘lishi lozim. Shundagina
elektr uzatish liniyasining foydali ish koeffitsiyenti
katta bo‘ladi, ya’ni iste’molchilarga ko‘proq
energiya yetib boradi.
Energiya uzatuvchi liniya
simlarida quvvat isrofi, asosan, ulardan o‘tuvchi
tok kuchining kvadratiga
hamda liniya simlarining
aktiv qarshiligiga bog‘liqdir. Tok kuchi qancha
katta bo‘lsa, quvvat isrofi shuncha katta bo‘ladi.
Liniyalarda tok kuchi katta bo‘lsa,
bu simlarning
ko‘ndalang kesim yuzalarini katta qilib olishga
to‘g‘ri keladi. Quvvat
isrofini kamaytirish uchun
simlarning aktiv qarshiligini kamaytirish lozim.
Ma’lum uzunlikdagi simning aktiv qarshiligini,
asosan,
uning
ko‘ndalang
kesim
yuzini
kattalashtirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: