O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Gidromelioratsiya tizimlarini rekonstruktsiyalash iqtisodiy samaradorligini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

8.5. Gidromelioratsiya tizimlarini rekonstruktsiyalash iqtisodiy samaradorligini 
aniqlash usullari 
 
Fan–texnika taraqqiyoti sharoitida ishlab turgan melioratsiya tizimlari holatini, 
ularni rekonstruktsiyalash yo’li bilan ta’minlashtirish zarurati tug’iladi. Melioratsiya 
tizimlarini rekonstruktsiyalashga shaxobcha va inshootlarni to’la yoki qisman qayta ko’rish 
kiradiki, bu esa tizimning texnika–iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish asosida qishloq 
xo’jalik ishlab chiqarishini kengaytirishni ta’minlaydi.
Sug’orish tizimlarini rekonstruktsiya qilish suv ta’minotini yaxshilashni, kanallarda 
suv shimilishiga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni, sug’oriladigan yerlarda drenaj 
qurilishini, yerlarni kapital rejalashtirishni, sug’orish texnikasini takomillashtirishni, yerlar 
melioratsiya xolatini yaxshilashni hamda yangi qurilishga nisbatan eng kam kapital 
qo’yilmalar bilan sug’orma dehqonchilik samaradorligini ancha oshirish imkonini 
beradigan tadbirlarni ta’minlaydi. Ishlab turgan ob’ektlarni qayta qurollantirish va 
rekonstruktsiya qilishga katta ustunlik berilmoqda. Melioratsiyaga ajratiladigan kapital 
qo’yilmalar umumiy summasidan 70% gachasi ishlab turgan tizimlarni rekonstruktsiya 


qilishga yo’naltirish tavsiya etiladi. 
Melioratsiya tizimlarini rekonstruktsiya qilishga kapital qo’yilmalar samaradorligi 
umumiy 
(mutloq) 
iqtisodiy 
samaradorlik ko’rsatkichi yordamida baholanadi. 
Rekonstruktsiyadan olingan samara rekonstruktsiyadan keyingi ko’rsatkichlarni undan 
ilgarigi ko’rsatkichlar bilan taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. 
Melioratsiya tizimi rekonstruktsiya qilinayotganda melioratsiyalangan yerlarning bir 
qismini qishloq xo’jaligida foydalanishdan chiqarish talab etilsa, bu yerlardan chala 
foydalanilganligi natijasida xo’jaliklar ko’rgan zarar miqdori xisobga olinishi kerak. Bu 
holda rekonstruktsiyadan keyin olingan iqtisodiy samara umumiy summasidan melioratsiya 
tizimi rekonstruktsiya qilingan davridagi chala olingan sof daromadni chiqarib tashlash 
kerak bo’ladi.
Melioratsiya tizimini rekonstruktsiya qilish ayrim inshootlar va ob’ektlarni 
tugatishni talab qilganida ularning qoldiq qiymati rekonstruktsiya qilishga kapital 
qo’yilmalarga qo’shish kerak. 
Sug’orish tizimini texnika jihatdan takomillashtirishga kapital qo’yilmalar iqtisodiy 
samaradorligini aniqlashda quyidagilardan olingan ayrim samaralardan tarkib topadigan 
jamlama samarani hisobga olish kerak: 
KZI ni oshirish hisobiga sug’oriladigan maydonni kengaytirish, tarmoq KPD ni 
oshirish hisobiga sug’oruv suvi yo’qotilishini kamaytirish; 
Kanallarni tozalashdagi ishlar sermehnatligini kamaytirish; 
Tizim va boshqa ob’ektlar gidrotexnika inshootlari xizmat qilish muddatini 
ko’paytirish.
Sug’orish tizimini texnika jihatdan takomillashtirishga kapital qo’yilmalar iqtisodiy 
samaradorligini aniqlash uchun quyidagilarni aniqlash zarur: 
Tizimni takomillashtirishning ayrim yo’nalishlari bo’yicha rekonstruktsiya qilishdan 
olingan samara; 
Jamlama (yig’indi) yillik samara; 
Jamlama yillik samara bo’yicha rekonstruktsiya qilishga kapital qo’yilmalar o’zini-
o’zi qoplashi muddati. 
Sug’orish tizimlarini takomillashtirish ayrim yo’nalishlari bo’yicha rekonstruktsiya 
qilishidan olingan samarani aniqlash. 


A) yerdan foydalanish koeffitsiyentini oshirish hisobiga sug’oriladigan yerlar 
maydonini kengaytirishdan olingan samara; tizim KZI rekonstruktsiyadan keyin 
quyidagilarni tashkil etadi: 
WpqWQ W 
Bunda Wr-rekonstruktsiyagacha bo’lgan tizimning KZI si; 
W-rekonstruktsiya natijasini KZI ning o’sishi. 
Sug’oriladigan yerlar maydoni (netto) tizim rekonstruktsiya qilingandan so’ng 
quyidagicha aniqlanadi: 
 
Fnt r q Fbr – Wr 
Bunda: Fnt r – rekonstruktsiyadan so’ng sug’oriladigan netto maydon, ga; 
Fbr – sug’oriladigan brutto maydon, ga 
Sug’oriladigan maydon o’sishi (netto) tizim rekonstruktsiyalanishi natijasida quyidagini 
tashkil etadi: 
Fnt r q Fnt r – Fnt 
Bunda: Fnt – rekonstruktsiyagacha bo’lgan sug’oriladigan netto maydon. ga 
Sof daromad ko’payishiga ko’ra KZI oshishi hisobiga sug’oriladigan maydon 
kengayishidan olinadigan yillik samara (Ekzi) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin