16
8.
Bitiruv malakaviy ishlarini amaliyotga hamda o‘quv
jarayonlariga qo‘llanilishi
Har qanday ilmiy-tadqiqot ishlariga, shu jumladan bitiruv
malakaviy ishlariga ham qo‘yiladigan asosiy talablardan biri muallifning
o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan o‘quv jarayonida foydalanish
darajasi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining tavsiyalaridan ilmiy
rahbar ma’ruza matnlarida, amaliy mashg‘ulotlarida va keys stadilar
tayyorlashda foydalanishi ko‘zda tutilgan. Har bir ilmiy-tadqiqot
natijalari o‘quv jarayonida foydalanilganda muayyan fan mavzusi
ko‘rsatiladi. Shuningdek, fanga taaluqli o‘quv, o‘quv-uslubiy hujjatlar
majmuasida - ishchi dastur, ma’ruzalar matnlari, masalalar to‘plamlari
va ishbilarmonlik o‘yinlarida (mavzu va betlar ko‘rsatilishi shart) o‘z
ifodasini topadi.
Ichki
va
tashqi
taqrizchilar
bitiruv
malakaviy
ishining
tavsiyalaridan ilmiy rahbar o‘zining ma’ruza matnlarida, amaliy
mashg‘ulotlarida va keys stadilar tayyorlashda foydalanganligini
ko‘rsatib o‘tadilar. Ular o‘z taqrizlarida Bitiruv malakaviy ishining qaysi
bobi, paragrafi, jadvallari va betlari (soni ko‘rsatilgan holda) o‘quv
jarayonlarida qo‘llanilayotganligini ko‘rsatib o‘tishlari shart hisoblanadi.
Yozilgan har bir bitiruv malakaviy ishi tavsiyalari amaliyotda
qo‘llanilishi, eng avvalo muallifning bevosita shaxsiy biznes faoliyatini
o‘zida aks etgirishi lozim. Buning uchun muallif va uning ilmiy rahbari
Davlat attestasiyasi komissiyasiga ishning natijalari hisoblangan olingan
daromad miqdori, yangi ochilgan ish o‘rinlari, shaxsiy biznesning
istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan hujjat (ishlab chiqarishda
foydalanish haqida dalolatnoma)ni taqdim etadi. Ushbu ma’lumotnoma
xo‘jalik yurituvchi sub’yektning rahbariyati tomonidan beriladi
(ma’lumotnoma shakli ilova qilinmoqda).
Shuning bilan birga ilmiy rahbarning muallifga, uning biznesiga
ko‘rsatgan qo‘shimcha yordamlari ham alohida taqdim etiladi. Bunday
yordamlar sirasiga banklardan kredit olish, huquqiy masalalar, soliq
haqida ma’lumotlar va maslahatlar, biznes-reja tuzish, xorijiy
sarmoyadorlarni topib berish kiradi.
Dostları ilə paylaş: