63
farovonlikka erishishi u mansub bo’lgan ijtimoiy tuzumning ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy rivoji, jamiyatda amal qilinayotgan ma’naviy-axloqiy me’yorlar, olib
borilayotgan davlat siyosati mazmuni bilan belgilanadi. O’z navbatida jamiyat
ma’naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi,
samarasiga bog’liqdir. Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va
ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo’lga
qo’yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, sulola an’analarini davom ettirish
masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi
muhim o’rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli
xususida to’xtalib o’tar ekan, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti
I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Oila bizning xalqimiz uchun millatning
ko’p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy
qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli
avlod vakillari birga yashashadi va birga xo’jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni
tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish,
bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday
oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni,
bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o’rganadilar”
52
.
Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga etishi
uchun zarur, chunonchi, oila xo’jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari
o’rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va h.k.
mazmundagi oilaviy munosabat, muomala, aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi,
ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish
layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjud. Shu bois
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin
o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek,
ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o’tish davrida mustahkam oilalarni shakllantirish
har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Insoniyat hayotining dastlabki bosqichlarida turli urug’lar munosabatlari
doirasida oila shakllanmagan. Jinslar orasidagi munosabatlar poligamiya, ya’ni,
jinsiy juftliklarni erkin tanlash, almashtirish tamoyili, qolaversa, bolalarni butun
urug’ a’zolari bilan birgalikda tarbiyalash asosiga qurilgan.
Ibtidoiy urug’chilik bosqichida inson hayotida juda katta sifat o’zgarishlari yuz
berdi. Bu davrda kishilikning ilk jamoasi – dastlabki jamoa bo’lib yashash an’anasi
shakllandi. Urug’ jamoasi uning tarkib topishida onalar etakchi o’rin egalladi.
Shu sababli bu bosqich ona urug’i, ya’ni,
Dostları ilə paylaş: