26
Osiyodagi boshqa mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida
katta rol o‘ynadi.
Sharq, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo‘jalik
faoliyatida nisbatan erkin aholi ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik,
hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan.
Antik dunyo (G‘arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni
olib borish bilan bog‘liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham
anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu
asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O‘z
mahsulotini sotishga mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo‘jaliklari
ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik
qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).
Dostları ilə paylaş: