24-oktabr CASE STUDY 1. Farmaseftika mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonadan siz faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotiga audit utqazish yuzasidan taklif tushdi. Sizning turmush o’rtog’ingiz bu korxonada bo’lim boshlig’i lavozimida faoliyati lavozimida faoliyat yuritadi. Topshiriq: Sizning auditorlik tashkilotingiz bu taklifni qabul qila oladimi? 2. Auditorlik hisobi va auditorlik xulosa qastdan soxta tuzilganligini, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga sabab bo’la oladimi? Javoblar: 1. Men faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkiloti bu taklifni qabul qila olmaydi. Chunki qonunda bu mumkin emas deb kursatilgan. 677-sonli “Auditorlik faoliyati tug’risidagi” qonun 6-bob 34-moddasida shu haqida kursatilgan. Auditorlik tashkilotidan borayotgan vakilning yaqin qarindoshi tashkilotning raxbarlik vazifasida yoki bugalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs bo’lsa bu holda auditorlik tekshiruvi utqazish mumkin emas. 2. Sabab bo’ladi. Bu haqida ham 677-sonli “Auditorlik faoliyati tug’risidagi” qonunning 3-bob 26-moddasida ko’rsatilgan. Uning mazmuni shundan iborat: -Auditorlik tekshiruvini utqazish chog’ida ushbu qonunning 344-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni buzganlik; -Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzganlik; -Auditorlik tekshiruvini o’tkazish chog’ida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvii buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilinganlik, bundan qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollar mustasno; -Auditorlik tekshiruvi o’tqazish chog’ida aniqlangan, bugalteriya hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy xisobot tuzish vo’yicha belgilangan talablarning xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilishi faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi.”