“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
244
TILIMIZNING JONKUYAR TARG’IBOTCHISI
Xudoyberdiyeva Bo’stonoy Bahodir qizi
O’zbekiston Milliy universiteti O’zbek tili filologiyasi .
fakultetining 2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada atoqli o’zbek shoiri Muhammad Yusuf
ijodining ayrim qirralari, xususan, vatan, ona tili haqida bitilgan ash’orlarining
poetikasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu orqali shoir har bir insonning,
kitobxonning, she’riyat ahlining, vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga chorlaydi.
Kalit so’zlar:
Muhammad Yusuf, poetika, she’riyat shaydolari, vatan, jonkuyar
himoyachi, uyg’oqlikka chorlovchi she’riyat, arzigulik umr yo’li.
Vatan yuragimning olampanohi,
Bu dunyo bukri bir
–
Jiydaning shohi .
Ko’z yoshim bilan
Sug’orib gohi
Ko’ksimda o’stirgan
Guldek sevaman.
Vatan haqida bitilgan ushbu go’zal misralar, samimiy muhabbatga to’la satrlar
O’zbekiston xalq shoiri, so’lim Andijonning asl farzandi Muhammad Yusuf qalamiga
mansubdir.
Muhammad Yusufning vatanni kuylab yozilgan har bir misralari jamiki o’zbek
qalbida o’z yurtini sevishga, ardoqlashga hamda uni dushmanlardan ko’z
qorachig’idek saqlashga o’rgatadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Vatan haqida she’rlar,
madhlar anchagina, ammo ular orasida Muhammad Yusufning samimiy, sodda va
ravon tilda yozilgan, o’zgacha bebaholigi bilan ajralib turadigan misralar sanoqlidir.
“Shoirlar his-tuyg’ularning ko’zgusi” - deb bekorga aytishmagan. Bu fikrlar
Muhammad Yusuf she’riyati uchun aynan mos keladigan jumlalardir. Professor
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
245
Ma’rufjon Yo’ldoshev “Muhammad Yusuf tilimizning jonkuyar himoyachisi”, - edi
deya bejizga aytmaganlar.
Betakror shoir uchun aytilgan bunday jumlalar uning quyidagi misralarida o’z
tasdig’ini topgan:
Sen bo’lmasang, nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’qda, dil yo’q derlar.
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’nmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Shoirning go’zal misralari har bir she’riyat shaydolari uchun uyg’oqlikka
chorlovchi bir nur, bir kuch, betakror she’riyatdir. Shunday ekan shoir she’rlarini
mutolaa qilish jarayonida sevgi, visol, ayriliq, iztirob kabi shaxsiy kechinmalardan
iborat tushunish kerak emas.
Ol deya bir kun egam, osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim.
Ko’k mening ko’ksim bo’lur, yulduzlari anduhlarim,
Gul o’pib, gul yopinib, har dilda mozorim qolur.
Men ketaman kuylarim, navolarim zorim qolur.
Ushbu misralarda shoir go’yoki kuylarini, satr navolarini tillaridan tushmay
yillar o’tgan sari yuksalishini, yana-da baland kuylanishini bashorat qilgan, desak
adashmagan bo’lamiz. Shoir umri qisqa bo’lsa-da, o’zidan o’chmas iz qoldirdi, ya’ni
she’riyatni bebaho xazinalar bilan boyitishga o’zining beqiyos hissasini qo’shdi.
Xalqimizda bir naql bor: “Odamlarning yashab o’tgan umri emas, balki qilgan
ishlari ularning umrini belgilaydi”. Muhammad Yusuf bugungi kunda oramizda yo’q
bo’lsa-da, ammo asarlari orqali har bir o’zbekning yuragida yashamoqda.
Bu yil ham shoirimizning yubileyi Respublikamizning ko’pgina joylarida keng
ko’lamda nishonlanmoqda. Bularning barchasi bejiz emas, Muhammad Yusuf el
ardoqlagan shoir bo’lganligi uchun ham xotirasi abadiydir. Albatta, xotira muqaddas
– qadr abadiy, shunday ekan barcha kishining qadriga yetmoq ulug’ insoniy
fazilatlardan biridir. Muhammad Yusufning xalqona, millay mentalitetimizga xos
|