Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
keraksan. Alkimyogarni topishimga yordam ber. 
Ikki kun ular Alkimyogarni alohida-alohida qidirishdi, o‘zlaricha uni boshqalardan farqli 
yashaydi, chodirida, albatta, tunu kun olov yonib turadi, deb o‘ylashgandi. Bu yerdagi 
chodirlar ular chamalagandan ko‘ra bir necha baravar ko‘p ekanini anglaguncha, ikkalasi 
vohani boshdan-oyoq izg‘ib chiqishdi — vohada yuzlab chodirlar tikilgan edi. 
— Butun bir kun bekorga ketdi, — dedi angliyalik, quduqlardan birining oldida 
cho‘nqayib o‘tirarkan. 
— Odamlardan so‘rab-surishtirish kerakmidi u haqda, — dedi Santyago.
Biroq angliyalik ikkilandi — u o‘zining shu yerdaligini oshkor etgisi kelmasdi. Oxir-oqibat 
u bunga rozi bo‘ldi va arabchada yaxshi
gapiradigan Santyagodan Alkimyogarni daraklab chiqishni so‘radi. Bo‘zbola meshini 
suvga to‘ldirib olish uchun quduqqa kelgan ayolga so‘z qotdi. 
— Yaxshimisiz, xonim. Aytolmaysizmi, Alkimyogarni qaerdan topsak bo‘ladi? — so‘radi 
u. 
Ayol bu nomni hech qachon eshitmaganini aytib, ketishga shoshildi. Bungacha esa 
Santyagoni ogohlantirib, urf-odatlarni hurmat qilishini, qora libosdagi erli ayollarga gap 
qotmasligini uqtirdi. 
Angliyalikning hafsalasi pir bo‘ldi. Shuncha yo‘l bosib kelsayu, hammasi yo‘qqa chiqsa! 
Bo‘zbolaning ham uni ko‘rib ko‘ngli sovidi — axir, yo‘ldoshi O‘z yo‘lini izlayotir. Bunday 
paytda, Malkisidq aytishicha, Olam odamga ko‘makka keladi, orzuyi ushalishi uchun 
lozim bo‘lgan yordamni beradi. Nahotki, keksa podshoh adashgan bo‘lsa? 
— Men burun hech qachon alkimyogarlar haqida eshitmaganman, — dedi u. — 
Bilganimda senga yordam qilishga urinib ko‘rardim. 
Angliyalikning ko‘zlari chaqnadi. 
— Shunday demaysanmi! — qichqirdi u. — Bu yerda uning Alkimyogarligini hech kim 
bilmaydi! Har qanday kasallikni davolay oladigan odam bormi, deb so‘rash kerak! 
Shu payt qora libosda bir necha ayol quduqqa keldi, biroq Santyago, angliyalikning 
iltimosiga qaramay, ularga so‘z qotmadi. Mana, nihoyat bir erkak kishi ko‘rindi. 
Siz bilmaysizmi, bu yerda har qanday kasallikni davolay oladigan kishi bormi? — 
so‘radi bo‘zbola. 
— Har qanday kasallikni faqat Olloh davolay oladi, — dedi u, kelgindilarga cho‘chibroq 
alanglab qarab. — Jodugarlarni qidirayapsizlarmi? 
U Qur’ondan bir necha oyatlarni pichirlab aytib, o‘z yo‘liga qaytib ketdi. 
Biroz o‘tgach, boshqa bir odam keldi; uning yoshi ulug‘roq, qo‘lida chelak bor edi. 
Santyago unga ham o‘sha savol bilan murojaat qildi. 
— Bunday odamlarning sizlarga nima keragi bor? — bilmoqchi bo‘lib so‘radi u. 
— Mening oshnam uni ko‘rish niyatida juda uzoq yo‘l yurib keldi. 
— Agar bizning vohada shunday odam bor bo‘lsa, u nihoyatda qudratli kishi bo‘lishi 
kerak, — dedi o‘ylab turib qariya. — Hatto qabila boshliqlari ham xohlashgan paytda 
uning huzuriga yo‘lay olmaydi. Ularni faqat o‘zi istagan paytda qabul qiladi u. Urush 
tugaguncha kutinglar, keyin ketinglar bu yerdan. Bizning voha turmushiga 
aralashmaganlaring ma’qul. 
Shunday deb u ketdi. Biroq angliyalik, Alkimyogarning izini topganini payqab, juda 
quvondi.
Quduqqa, nihoyat, qora libosdagi erli ayol emas, balki yelkasida ko‘za bilan bir qiz bola 
keldi. Boshiga ro‘mol o‘ragan, yuzi ochiq edi. Santyago Alkimyogarni daraklamoqchi 
bo‘lib, unga yaqinlashdi. 
Va shunda — go‘yo vaqt to‘xtab qolganday bo‘ldi, Olam Qalbi uning ko‘z o‘ngida o‘zining 
butun kuch-qudrati bilan namoyon bo‘ldi. Qizning qop-qora ko‘zlariga, go‘yo jilmayishni 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin