Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc



Yüklə 265,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/67
tarix20.11.2023
ölçüsü265,29 Kb.
#165067
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Alkimyogar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
Alkimyogar koptlar ibodatxonasining darvozasini taqillatdi. Qora libosda ruhoniy chiqib 
keldi, ular koptchada qisqagina nima haqdadir gaplashib olishdi va Alkimyogar 
Santyagoni ichkariga taklif qildi. 
— Seni menga yordam beradi, deb aytdim. 
Ibodatxona oshxonasida Alkimyogar o‘choqqa o‘t yoqdi. Ruhoniy bir bo‘lak qo‘rg‘oshin 
olib keldi va Alkimyogar qo‘rg‘oshinni temir idishga solib, olovga qo‘ydi. Qo‘rg‘oshin 
erigach, u cho‘ntagidan sariq shisha tuxum chiqardi, undan to‘g‘nog‘ichning boshiday 
bo‘lakchani ushatib mumladi va erigan qo‘rg‘oshinga tashladi. 
Suyuqlik qonday qizil tusga kirdi. Alkimyogar qozonchani olovdan oldi va sovushi uchun 
chetga qo‘yib, ruhoniy bilan sahrodagi urush haqida gurunglashdi. 
— Uzoq davom etar-ov, deb qo‘rqaman, — dedi u. 
Ruhoniy afsuslandi: urush bois karvonlar qachondan beri G‘izoda turib qolishdi. “Bari 
Tangrining irodasi bilan”, — qo‘shib qo‘ydi u itoatkorona ohangda. 
— To‘g‘ri, — dedi Alkimyogar. 
Nihoyat qozoncha sovigach, Santyago bilan ruhoniy hayratlanib qarab qolishdi: idishda 
doira shaklida qotgan qo‘rg‘oshin oltinga aylangan edi. 
— Nahotki bir kun kelib men ham shunga o‘rgansam? — so‘radi bo‘zbola. 
— Bu mening Yo‘lim edi — mening, sening emas. Men senga buning mumkin ekanligini 
ko‘rsatgim keldi, xolos. 
Ular yana ibodatxona darvozasiga kelishdi va shu yerda Alkimyogar oltin gardishni to‘rt 
bo‘lakka bo‘ldi. 
— Bu senga, — dedi u bittasini ruhoniyga uzatib. — Doim ziyoratchilarni ochiqko‘ngillik 
bilan kutib olganing uchun. 
— O‘zimning ochiqko‘ngilligim uchun juda ko‘p olayapman men, — e’tiroz bildirdi 
ruhoniy. 
— Hech qachon bunday demagin. Devorning ham qulog‘i bor, hayot keyingi safar 
ulushingni kamaytirib qo‘yishi mumkin, — javob qildi Alkimyogar va Santyagoga o‘girildi. 
— Mana bu esa senga, qabila boshlig‘i olib qo‘ygan pullaring evaziga. 
Bo‘zbola ham bu oltin juda ko‘pligini aytgisi keldi, biroq jim bo‘ldi. 
— Bu menga, — davom etdi Alkimyogar. — Men uyga qaytishim kerak, sahroda esa 
urush davom etayotir. 
To‘rtinchi bo‘lakni qo‘liga olib, u yana ruhoniyga dedi: 
— Bu — tag‘in Santyago uchun. Ehtimol, asqotar. 
— Axir, men xazinani qidirib ketayapman-ku! — qichqirdi u. — Juda yaqin qoldim ularga! 
— Men ham ishonaman, sen ularni topasan, — dedi Alkimyogar. 
— Unda menga oltinning nima keragi bor? 
— Chunki sen ikki marta boringdan ajralding. Birinchi marta seni tovlamachi aldab ketdi
ikkinchisida qabila boshlig‘i shildi. Men keksa irimchi arabman, o‘zimizning maqolimizga 
ishonaman. Maqol shunday:
“Bir bo‘lgan hodisa, boshqa takrorlanmasligi mumkin. Biroq ikki bor ro‘y bergan hodisa, 
albatta, uchinchi marta ham ro‘y beradi”.
Ular otlarga minishdi. 
— Senga tushlar tarixidan bir rivoyat aytib bermoqchiman, — dedi Alkimyogar. — 
Baqamtiroq yur. 
Bo‘zbola bo‘ysundi. 
— Shunday qilib, Qadimgi Rimda, mustabid Tiberiya zamonida bir yaxshi odam yashab 
o‘tgan, uning ikki nafar o‘g‘li bo‘lgan. Ulardan biri jangchi bo‘lib, saltanatning uzoq chet 
hududiga xizmatga otlangan. Ikkinchisi esa Rim ahlini hayajonga solgan she’rlar yozgan. 
Kunlardan bir kun chol tush ko‘radi, tushida unga samo farishtasi uchrab, uning 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Yüklə 265,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin