"psixologiya"


 Emosional holatlarning xilma-xilligi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Emosional holatlarning xilma-xilligi. 
«Hissiyot» /«Emotsiya»/ va «his-tuyg’u» degan so’zlar ko’pincha 
sinonimlar sifatida qo’llaniladi. Torroq ma’noda olganda, bu qandaydir biroz 
doimiyrok his-tuyg’ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishdan 
iboratdir. «Emotsiya» so’zi ruhiy hayajonlanish, ruhiy xarakterlanish degan 
ma’noni beradi.
Emotsiyalar stenik va astenik turlarga bo’linadi. Stenik hislar kishining 
g’ayratlantirsa, astenik hislar esa uning faoliyatini susaytirib yuboradi.
Kishini tez cho’lgab oladigan va shiddat bilan o’tib ketadigan his-tuyg’u 
affekt /hissiy portlash/ deb aytiladi. Bu paytda kishi ong bilan ishlay olmaydi,


130 
o’zini boshqara olmaydi, nazorat keskin susayib ketadi, iroda o’ziga 
buysunmaydi. Kayfiyatlar uncha kuchli bo’lmagan, lekin uzoq vaqt davom 
etadigan barqaror hisdir. Kayfiyat shodu-xurramlik yoki qayguli, tetiklik yoki 
lanjlik, hayajonli yoki mayuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki 
muloyimlik kabilar tarzida kechadi.
Stress – kuchli hissiy zo’riqishdan iborat jarayon. Hissiy zo’riqish xavf-
xatar tug’ilgan, kishi xafa bo’lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan vaziyatlarda 
ro’y beradi.
Ehtiroslar deb kishi hatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan, barqaror,
chuqur va kuchli hislarga aytiladi. Masalan, rassomlikka, musiqaga ehtiros,
bedana urishtirish kabilarga ehtiros.
His-tuyg’ular hayvonlarga ham xos. Lekin insonning his-tuyg’ulari o’z 
mazmuni va kechishiga ko’ra hayvonnikidan tubdan farq qiladi. Masalan,
jirkanish, faxrlanish, hasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, hurmat qilish,
burchni his etish kabilar faqat insonga xos bo’ladi.
Intellektual /aqliy/ his-tuyg’ularga bilishga qiziqish, ajablanish,
shubhalanish, taajjublanish, ishonch kabi hislar kiradi. Bo’larning barchasi 
ijobiy xarakterga ega bo’lib kishini bilishga, o’rganishga, ishtiyoq bilan 
ishlashga undaydi.
Ma’naviy his-tuyg’ularga do’stlik-o’rtoqlik, Vatanga muhabbat,
insonparvarlik, hamdardlik, sodiqlik, uyalish, mehnatni sevish kabi his-
tuyg’ular kiradi. Bizning axloqiy yetukligimiz, tarbiyalanganligimiz ana shu 
hislar orqali belgilanadi.
Estetik his-tuyg’ularga bizning go’zal, chiroyli, yoqimli narsalardan 
zavqlanishimiz, shodlanishimiz, ho’zur qilishimiz, rohatlanishimiz kabilar 
kiradi. Bu hislarning manbai go’zal tabiat, san’at, adabiyot, chiroyli turmush 
kabilar bo’lishi mumkin.
Intellektual, ma’naviy, estetik tuyg’ularni faoliyat va muomala 
jarayonida boshdan kechiramiz. Sosial voqyelikka nisbatan butun hissiy 
munosabatlar boyligini ifodalagani uchun ularni yuksak his-tuyg’ular deb ham 
aytamiz. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin