O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ballarni hisoblash 50 dan 38 ballgacha . Siz uzingizga ishonasiz va uzingizdan kunglingiz
to’q. Sizda odamlar ustidan ustunlik qilishga moyilllik kuchli , o’z
«meningizga» urg’u berish va o’z fikringizni uqtirishni yaxshi kurasiz.
Odamlarning gapi sizni qiziqtirmaydi lekin sizda tanqid qilishga moyillik bor.
Sizning ballingiz oshishi tobora sizga «Siz faqat o’zingizni yaxshi ko’rasiz
o’zgalarni emas» degan iboraning mos kelishini ta’minlaydi. Ammo sizning
bitta kamchiligingiz bor: u ham bo’lsa siz o’zingizga nisbatan juda jiddiy
munosabatda bo’lasiz va bironta ham tanqidiy fikrni qabo’l qilmaysiz. Agar
sizga test natijalari yoqmasa tezda o’zingizni «ximoya» qiladigan gaplar
topishga harakat qilasiz. Bu aniq! Afsuski Bular xaqiqatga ancha yaqin. . . .
37 dan 24 ballgacha . Siz o’z dunyoingiz bilan yashab o’zingizga ishonasiz va
nimalarga qodir ekanligingizni bilasiz.
Siz qiyin vaziyatlarda va odamlar bilan chiqishishda kerak bo’ladigan
shaxsiy
xarakterning
qimmatli
ilmlariga
egasiz.
O’zingizga
va
atrofingizdagilarga nisbatan munosabatingizni ta’riflovchi formulani quyidagi
so’z orqali ifodalash mumkin: «O’zidan ham o’zgalardan rozi»
Sizda sog’lom o’zingizga baxo berish darajangiz mavjud. Siz o’zingiz uchun
tayanch ham kuch manbai bo’la olasiz. Asosiysi o’z imkoniyatlaringizdan
foydalanasiz, o’zgalar imkoniyatidan emas.
23 dan 10 ballgacha . Ajablanarli narsa shuki siz o’zingizdan norozi
bo’lishingiz sizni gumonlar qiynashi va siz o’zingizning aqliy imkoniyatlaringiz,
qobiliyatlaringiz, muvaffaqqiyatlaringiz, tashqi ko’rinishingiz, yoshingiz,
jinsingiz va xakozolaringizdan norozi bo’lishingizdir. Shoshmang! O’zini
yaxshi ko’rish yomon deb kim aytdi? Fikrlaydigan odam doim o’zidan norozi
bo’lish kerak deb sizga kim aytdi? Aniqki Hech kim sizdan o’zingdan rozi bo’l
deb talab qilmaydi lekin siz o’z shaxsingizni bunchalik past baxolamasligingiz
kerak. Aksincha o’zingizni avvalo o’zingiz xurmat qilishingiz kerak.
Qalbingizdagi olovni kuchaytiring.