"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Tashqi faoliyat
shaxsni o’rab turgan tashqi muhit 
va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa,
ichki 


32 
faoliyat
— birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik 
jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki-
aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab 
predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu 
harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida 
oladigan bo’lsak, bola dastlabki so’zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida 
ifoda etadi, keyinchalik ichida o’zicha gapirishga o’rganib, o’ylaydigan,
mulohaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo’lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham 
tashqi-muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har 
qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy-motor harakatlar mujassam 
bo’ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar 
o’ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat 
aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, xattoki, tana va qo’l 
harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to’xtamga kelolmayotganidan,
yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi.
Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan — misol uchun, o’zum 
ko’chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog’bon harakatlari ham aqliy 
komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha 
ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy harakatlar — shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar 
vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda 
shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z 
ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 

perseptiv — 
ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi 
predmetlar va xodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi; 


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin