10
bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi
shart-sharoitlar
orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq
etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun
ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish
davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o’qitish
texnologiyalarini bola tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy hamda
intellektual qobiliyatlarga nechog’lik ta’sir ko’rsatayotganligini o’rganish
asosida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik
metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi.
3
. Biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b. q.
psixik xodisalar va
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning
kechishi qonuniyatlarini obyektiv o’rganish uchun material beradi. Ayniqsa,
bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini
boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda
psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan
omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish
uning tug’ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo
etgani sababli, o’sha tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda
psixofiziologiyaning qator usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya
bioritmlarini
yozib olish, neyrodinamik xodisalarni aniqlash, qon aylanish va
tana haroratini o’lchash metodlari) o’z o’rnida foydalanadi va biologiya,
anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan
yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan
barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga o’z
hissasini qo’shgan.
Kibernetika
fani sohasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya
uchun ham ahamiyatli va zarur bo’lib, u inson shaxsining o’z-o’zini boshqarish
va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va
kibernetika tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari,
maxsus
dasturdan o’z o’rnida foydalanadi. Ayniqsa, axborot asri bo’lgan XX va har bir
alohida ma’lumotning qadr-qimmati oshishi ko’tilayotgan XX1 asrda
informasion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda
kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi.
4.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning
o’zaro aloqasi va hamkorligi ham
yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish
sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos namoyon bo’lish
qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. Shaxsini tarbiyalash
va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo’lga
kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga
olsa, iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning obyekti hamda subyekti
bo’lmish inson omilidagi barcha psixologik o’zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish
va shu asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi kerak.
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada
rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji
uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o’sha barcha fanlar
bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.
Bu tibbiyot, qishloq ho’jaligi, kimyo