bolani qanday tarbiyalash kerak , degan savollarga javoblari – kam. Ularda pedagogik
kompetentlik – bilim, ko‘nikma, malaka, xohish yetishmayotgani sezilmoqda deb takidlaydi pedagogika
fanlari doktori, professor M.Quronov o‘zining “Bugun har bir ota-ona pedagog bo‘lishi kerak” deb nomlangan
maqolasida.
Demak bugungi kunda ota-onalar ko‘proq tarbiyalash mezonlari va metodlari haqida o‘ylashlari lozim.
XXI asrda barkamol farzand tarbiyasining negizi sifatida oila (ota-ona), maktab (pedagog), mahalla
(qo‘ni-qo‘shni, nuroniylar, mahala faollari), ijtimoiy muhit (tengqurlari, atrofidagi insonlar) o‘z mavqeyini
saqlab qolaveradi.
Shaxsni tarbiyalash quyidagi manbalar asosida amalga oshirilishi mumkin:
muayyan tizimli, uzluksiz milliy tarbiyaviy, dasturiy ta’sir orqali;
ideal, namuna timsolida o‘z-o‘zini tarbiyalash, takomillashtirish;
ijtimoiy muhitdagi shaxslararo munosabatda tahlil qilish, ibrat olish vositalari yordami bilan xulq-
odob, fikrlash malakalarini egallash;
ajdodlarimiz yaratgan badiiy, falsafiy, san’at asarlarini o‘zlashtirish orqali yangi xislatlarni o‘zlashtirish
kabilar.
Bugun har bir ota-ona pedagog bo‘lishi lozim, tarbiya metodlarini puxta o‘zlashtirmog‘i lozim, chunki
farzand ta’lim-tarbiyasiga tikilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir.
Pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov [6] o‘zining “Bugungi har bir ota-ona pedagog bo‘lishi
kerak” deb nomlangan maqolasida bugungi ota-onalarning farzand tarbiyalashdagi ta’sirchan metodlar
to‘g‘risida quyidagi qarashlarini ilgari suradi. Jumladan, olimning ta’kidlashicha farzand tarbiyasidagi
eng ta’sirchan metod bu –
o‘rgatish metodi. Chunki uning ichida
tushuntirish ham bor,
suhbat ham bor,
ko‘rsatish ham bor,
aytish ham bor,
namuna ham bor.
Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday
bo‘lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liqdir. Shu sababli
har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy
talabdan kelib chiqqan holda, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega
bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi
va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, oilada farzand tarbiyasi