48
ikkinchi kundagidan 204 t kam benzin tarqatdi. Shundan
so‘ng omborda 3196 t benzin qoldi. Ombor birinchi kuni
necha tonna benzin tarqatgan?
2) Do‘konda uch kunda 110 kg yog‘ sotildi. Ikkinchi kuni
birinchi kundagining 37,5 % qismicha, uchinchi kuni esa
dastlabki ikki kunda qancha yog‘ sotilgan bo‘lsa, shuncha
sotildi. Do‘konda birinchi kuni necha kilogramm yog‘
sotilgan?
113.
1) Usta va o‘g‘li buyurtmani 10 kunda bajarishlari kerak
edi. Ular yangi moslamani ishlatib, har kuni rejadan
tashqari 27 ta mahsulot tayyorlab, 7 kunda topshiriqni
bajaribgina qolmasdan, balki ortiqcha yana 54 ta mahsulot
tayyorlashdi. Usta va o‘g‘li bir kunda nechta mahsulot
tayyorlashgan?
2) Zavod mashina ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmani
15 kunda bajarishi kerak edi. Zavod yangi texnologiyani
joriy etib, har kuni rejadan tashqari 2 ta ortiq mashina
ishlab chiqarib, muddatga 2 kun qolganda faqat rejani
bajaribgina qolmasdan, rejadan ortiq yana 6 ta mashina
ishlab chiqardi. Zavod 15 kunda reja bo‘yicha nechta ma-
shina ishlab chiqarishi kerak edi?
Dostları ilə paylaş: