166
571.
7 ta olma va 3 ta nok bor. Ularni necha xil usul bilan har
birida 5 tadan meva bo‘lgan va ulardan hech bo‘lmaganda
1 tasida nok bo‘lgan ikkita taqsimchaga qo‘yish mumkin?
572.
Idishda 1, 2, 3, ..., 10 sonlari yozilgan sharlar bor.
Idishdan uchta shar olamiz. Nechta holda ularda yozilgan
sonlar yig‘indisi 9 ga teng bo‘ladi? Nechta holda 9 dan
katta bo‘ladi?
573.
3
ta tovuq, 4 ta o‘rdak va 2 ta g‘oz bor. Bir nechta par-
randani
shunday tanlab olingki, ular ichida tovuq, o‘r-
dak va g‘oz bo‘lsin. Shunday tanlashlar soni nechta bo‘-
ladi?
574.
4 ta oq atirgul, 5 ta qizil va 3 ta sariq atirgul bor. Bir nechta
gulni shunday tanlab olingki,
ular ichida oq, qizil va sariq
atirgul bo‘lsin. Shunday tanlashlar soni nechta?
575.
1, 2, 3, ..., 8 raqamlaridan ularni takrorlamay tuzilgan 8
xonali sonlar ichida 1 va 8
raqamlari yonma-yon tura-
diganlari nechta?
576.
Gul sotuvchida 5 ta qizil va 10 ta oq chinnigul qolibdi.
A’zamxon singlisi Mubinabonuga 2 ta qizil va 3 ta oq
chinniguldan iborat guldasta sovg‘a qilmoqchi. Buni u
necha xil usul bilan amalga oshirishi mumkin?
577.
Tadbirkor 8 ta gazetadan 5 tasiga o‘z firmasi haqida e’lon
bermoqchi. U 5 ta gazetani
necha xil usulda tanlashi
mumkin?
578.
Aylanada yotuvchi 20 ta turli nuqta belgilandi. Uchlari bel-
gilangan nuqtalarda yotuvchi: 1) vatarlar sonini; 2) uch-
burchaklar sonini; 3) qavariq to‘rtburchaklar
sonini hi-
soblang.
579.
Ikkita parallel chiziqning birida 8 ta, ikkinchisida 11 ta
nuqta belgilandi. Uchlari belgilangan nuqtalarda bo‘lgan
qavariq to‘rtburchaklar sonini toping.
580.
Tepalikdagi buloqqa 6 ta yo‘l olib boradi. Sayyoh necha xil
usulda buloqqa borishi va pastga tushishi mumkin? Agar
167
sayyoh buloqqa borgan yo‘lidan emas, boshqa yo‘ldan
pastga tushsa, u holda tepalikka chiqish va undan tushish
jami necha xil usulda bo‘lishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: