Mustaqil-ishi pdf



Yüklə 129,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix20.11.2023
ölçüsü129,88 Kb.
#165586
  1   2   3   4   5   6   7
mustaqil-ishi



Mavzu: Sotsiologik tadqiqot usullari
Reja 
1. Sotsiologik tadqiqot o’tkazishning turlari
2.Sotsiologik tadqiqot usullarining qisqacha xususiyatlari
3. Miqdoriy va sifatiy tadqiqotlar


Tayanch iboralar:
chuqurlashtirilgan va keng miqyosdagi tadqiqotlar,
sotsiologik tadqiqotlarning predmeti, sifatiy tadqiqotlar, so’rov, anketa so’rovi,
intervyu
1. Sotsiologik tadqiqot o’tkazishning turlari
Umuman olganda, sotsiologik tadqiqot bu o’rganilayotgan jarayon yoki
hodisa to’g’risida ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lish uchun yagona maqsad bilan
bog’liq metodologik, metodik va tashkiliy-texnik proseduralarning mantiqan
ketma-ketlik tizimidir. 
Sotsiologik tadqiqot o’z ichiga bir-birini almashtiradigan alohida va bir
vaqtning o’zida mazmunan o’zaro bog’langan 4 bosqichni oladi.
- Tadqiqotni metodologik va metodik jihatdan tayyorlash
- Birlamchi ma’lumotlarni yig’ish
- Olingan ma’lumotlarni qayta ishlashga tayyorlash va uni EHMda qayta
ishlash
- qayta ishlangan ma’lumotlarni matematik va mazmunan tahlil qilish,
hisobot tayyorlash, xulosa va tavsiyalar tuzish
- Sotsiologik tadqiqotlarning 3 turi mavjud: razvedkali, tasviriy va analitik.
Razvedkali tadqiqot - konkret sotsiologik tadqiqotning eng oddiy turi bo’lib
hisoblanadi. U mohiyatan chegaralangan vazifani hal etadi, odatda kam sondagi
o’rganilayotgan majmuani qamrab oladi va qisqartirilgan dasturga asoslanadi.
Razvedkali tadqiqotlar operativ (tezkor) informasiya olish uchun xizmat qiladi.
Bunday holatda uning ekspress so’rov turi haqida gapirish mumkin. 
Tasvirlovchi tadqiqot – sotsiologik tahlilning murakkabroq shakli
hisoblanadi. O’zining maqsad va vazifalariga ko’ra, u o’rganilayotgan jarayon,
uning tarkibiy elementlari to’g’risida nisbatan to’la tasavvur beradigan empirik
ma’lumotlar olishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot yetarli darajada batafsil ishlab
chiqilgan dastur asosida o’tkaziladi. 


Analitik tadqiqot – bu sotsiologik tahlilning eng chuqurlashtirilgan turi
hisoblanadi. U o’z oldiga nafaqat o’rganilayotgan hodisaning tarkibiy
elementlarini tasvirlashni, balki sabablarni tushuntirishni maqsad qilib qo’yadi. 

Yüklə 129,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin