18
modellashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi proektlashni
avtomatlashtirish ishlarini hamma bosqichlarini o‗z ichiga oladi.
Ilmiy grafika – ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik,
biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‗llaniladi. Ilmiy grafikaning eng
asosiy maqsadi – ilmiy izlanishlardan hosil bo‗ladigan axborotlarni vizuallashtirish –
ko‗zga ko‗rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa, bu yo‗nalish atom energiyasi
manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtikada va samolyotsozlikda, geografiyada va
okeanologiyada – xullas tez kechadigan jarayonlarni o‗rganishda juda qo‗l keladi.
Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, kartalar,
jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda keng qo‗llaniladi.
Ko‗rgazmali grafika – namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo‗lib, shu
ikkala grafika imkoniyatlarini yig‗indisi, integratsiyasini tashkil etadi. Bu grafika
ayrim grafikalarni slaydlar ketma-ketligidan iborat slayd film qilib yaratib, so‗ngra
uni ma‘lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko‗rgazma shaklida namoyish etadi. Har
bir slaydni ekrandagi tasviri ovoz va vizual natijalar bilan qo‗shib olib borilishi
mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyati ham mavjud.
Animatsion grafika – rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik
grafikasidagi uch o‗lchovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan,
reklama e‘lonlari va teleko‗rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo‗shib
uyg‗unlashtirgan [5].
Dostları ilə paylaş: