187
Aytib o‘tilgan u yoki bu funksiyalarga berilayotgan e’tiborga bog‘liq ravishda,
«savdo xodimi» va «savdo agenti» atamalariga amalda turlicha ma’no berilishi
mumkin. Savdo xodimlarining quyidagicha turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
-sotish hududida faoliyat ko‘rsatuvchi, buyurtmalarni qabul qiluvchi va undan
tashqari, ayniqsa yirik do‘konlarda mijozga maslahatchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan
sotuvchi.
-buyurtmalar qabul qilish va tovarlarning uzluksiz
etkazib berilishini
ta’minlash maqsadida ulgurji va chakana sotuvchilar bilan uchrashib turuvchi sayyor
vakil;
-savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha vakil: u reklama va reklama tadbirlarini
bevosita savdo shohobchasining o‘zida tashkil qiladi;
-tijoriy targ’ibotchi: u buyurtmalarni qabul qilmaydi,
faqat yangi tovarlar
haqida, ayniqsa tibbiyot sohasidagi yangi tovarlar haqida axborot beradi;
-texnik jihatdan chuqur bilimga ega bo‘lgan hamda mijozga uning
muammolarini hal qilishda o‘z maslahatlari bilan yordam bera oluvchi savdolar
bo‘yicha injener. IBM firmasining savdolar bo‘yicha
injeneri aynan shunday
ishlaydilar;
-avtomobillar, maishiy elektr asboblari, ensiklopediyalar, sug‘urta polislari
kabi tovarlarni sotish bilan shug‘ullanuvchi kommivoyajer, bunda ijodiy qobiliyatlar
va kommunikasiya strategiyalari muhim rol o‘ynaydi;
-murakkab loyihalar bo‘yicha
kontrakt tuzuvchi, u texnik va moliyaviy
bilimlardan tashqari muzokaralar olib borish iste’dodiga ham ega bo‘lishi kerak.
Aytib o‘tilgan barcha xodimlarning vazifalari u yoki bu darajada ijodiy va
strategik funksiyalar bilan bog‘liqdir. Bu erda vazifa tijoriy munosabatlarni to‘g‘ri
tashkil
qilish hamda savdo xodimlari, sotish tarmog‘i va kommunikasiya vositalari
o‘rtasida majburiyatlarni optimal taqsimlashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: