225
xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun
marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli yunaltirilgan ta’sir ko‘rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi
- 1) marketing vazifasini
bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab
variantlari orasidan tanlab
olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2)
marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining
iqtisodiy samara
keltirish qobiliyati.
Marketing salohiyati (potensiali)
- 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi;
2) tovar, narx kommunikasiya va savdo siyosati, talabni o‘rganish sohasida samarali
marketing tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish hisobiga marketing tizimining
korxonnaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy
va ijtimoiy konyunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.
Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi
- 1) marketing faoliyatining
oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan ko‘p turli
(marketing jarayonining barcha bosqichlari bo‘yicha) natija; 2) marketing faoliyatini
amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga
nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog‘liq
harajatlar qaytimi, natural yoki qiymat
(narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil etish
va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va hokazo)
resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: