Yuz tasviriga asoslangan autentifikatsiya qurilmalari orasida
eng keng tarqalgan usul
bu FACE ID.
Face ID-bu Applening eng ilg'or apparat va dasturiy komponentlarini birlashtirish
natijasidir. TrueDepth kamerasi minglab ko'rinmas nuqtalarni tahlil qilish va tahlil qilish
orqali yuz ma'lumotlarini ishlaydi. Shunday qilib, qurilma yuzning
batafsil tizimli
xaritasini, shuningdek infraqizil spektrdagi tasvirni tashkil etadi. A11, A12 Bionic, A12X
Bionic, A13 Bionic, A14 Bionic va A15 Bionic mikroprotsessorlarining neyron
yadrosining bir qismi Secure Enclave moduli tomonidan himoyalangan,
strukturaviy
xaritani va infraqizil tasvirni ro'yxatdan o'tgan yuz ma'lumotlari bilan taqqoslanadigan
matematik ko'rinishga aylantiradi.
3-mavzu: Barmoq iziga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning
xuxusiyatlari
.
Barmoqizlari yordamida biometrik autentifikatsiyalash. Biometriktizimlarning
aksariyati identifikatsiyalash parametrik sifatida barmoq
izlaridan foydalanadi
(autentifikatsiyaningdaktiloskopik tizimi). Bu tizimlar XX asrning 60- yillarida kirib
kelgan bo’lib, jinoyat ishlari bilan shug’ullanuvchi organlar foydalangan.
Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga
ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo’yicha
katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda
asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval
foydalanuvchi ro’yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida
skanerlashning bir necha variant amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir–
biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, «pasport»
shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar
bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan
barmoq izi
ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.
Hozirgi kunda 3xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud:
optik nurlar orqali barmoq izini olish(FTIR ya’ni optik qurilmalar);
yarim o’tkazgichlar orqali(termoskanerlar);
ultratovushlar.
Bularning barchasi bir xil prinsipda ishlaydi ya’ni bir xil matematik algoritmlar
va olingan natijalarni bir biri bilan solishtirish. Barmoq izlarining skanerlari.
Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida
barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi(1.4-
rasm). Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi
integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday
tendentsiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo’llashning
yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda
turli,
xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi
vositalardan foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining
sig’im qarshiligini o’lchaydi. Masalan,
Veridicom kompaniyasining
daktiloskopik qurilmasi yarimo’tkazgichli datchik yordamida sig’im qarshiligini
aniqlash orqali axborotni yig’adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha
Ushbu asbobga qo’yilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini
o’taydi.Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000
sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig’im
datchiklari
barmoq sirti do’ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining
o’zgarishini o’lchaydi. Natijada do’ngliklar va pastliklargacha bo’lgan masofa
aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi. Integral sxema asosidagi sensorli
tekshirishda AuthenTeckompaniyasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham
oshirishga imkon beradi.
Bu usul bo’yicha asosiy skaner sifatida Identix kompaniyasining TouchSafe II
skanerlarini keltirish mumkin. Bu skaner kontrolleri kompyuterga ISA
shinasi
orqali ulanadi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta–
kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o’lchamlari va
yuqori bo’lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga
aylantiradi. Ularni kalitlar uchun breloklarga o’rnatish mumkin. Natijada
foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo’li, avtomobillar va
bankomatlar eshiklaridan himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal
kalitga ega bo’ladi
Dostları ilə paylaş: