O‘zbekistonning eng yangi tarixi


“O`zbekistonning eng yangi tarixi” o`quv



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix20.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#166411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
660tarixLazizbek

“O`zbekistonning eng yangi tarixi” o`quv 
fanining predmeti
, maqsad va 
vazifalari. Fanni o`rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
Tarixiy haqiqat to`la ro`yobga chiqishida, haqqoniy tarix yozilishida tarix fani 
predmetining to`g‘ri belgilanishi o`ta muhim ahamiyatga ega. O`zbekiston tarixi 
fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o`laroq mustaqil fan. Bu uning o`rganish 
predmeti hamda vazifasida to`la namoyon bo`ladi. U fan sifatida o`zining butun 
diqqat e’tiborini faqat o`tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosi chiqaradi, 
ajdodlarimiz yaratgan madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o`rganadi. 
O`zbekiston tarixi fanining o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib 
turadi. O`zbekiston tarixini o`rganish predmetiga Vatanimiz hududidagi 
jamiki 
xilma-xil voqea va hodisalar
, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik 
hamda qonuniyatlar va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik 
faoliyatiga kiradi. 
Aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir 
xalq, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo`lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarni 
yaxlitlikda o`z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun zamon va makon 
ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayondir. 
Tarixbilanboshqaijtimoiygumanitarfanlarningo`rganishob’ektibitta, ya’nijamiyat. 
Shuninguchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatning 
ro`yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shu bilan birga tarix 
boshqa 
fanlarning ham tarixidir
, chunki ularning hammasi tarixiy ong, tafakkur, 
umuman tarixning mahsulidir. Boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat va jamiyat 
ham avvalo tarixda aks etadi. Ular ham tarix fanini o`rganish ob’ekti va predmeti 
hisoblanadi. Xulosa shuki, Vatan tarixi millatni murabbiysi sifatida uni ravnaq 
topishida muhim o`rin tutadi. Mustaqillik sharofati bilan bu fanni o`rganishga 
bo`lgan munosabat tubdan o`zgarib, uni barcha oliy o`quv yurtlarida shu paytga 
qadar o`qitilib kelindi. 
Har qanday fan kabi O`zbekiston tarixi fani ham o`zining g‘oyaviy nazariy 
asoslari, ilmiy ta’limotlari, usuli va uslubiy talab va tamoyillarga ega. Bular 
bu 
fanning asosini tashkil etib
, uning maqsad va vazifasini to`laroq ro`yobga 
chiqarishga yordam beradi va tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
O`zbekiston tarixi fanining ilmiy-nazariy uslublari v uning tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 

Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy, xolisona o`rganish va 
tahlil qilish; 



tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o`rganish va tahlil qilish; 

tarixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o`rganish 
va yozish


tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom 
bilan e’tiborli bo`lish; 

xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, iste’dodli va qobiliyatli, fidokor 
va qahramon kishilarning tarixda tutgan o`rniga alohida e’tibor berish; 

tarixiy voqea va hodisa, hujjat va faktlarning to`g‘ri va noto`g‘riligini 
aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish; 

tarixni o`rganishda tarixiy izchillikka amal qilish; 

tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o`rganish; 

etnografiya, 
arxeologiya
, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlarning 
yutuqlari hamda usullaridan foydalanish; 

tarixni o`rganishga vorisiylik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal 
qilish. 
O`zbekiston tarixi jahon tarixi bilan hamda dinlar bilan bog‘liq. Ijtimoiy hayotni 
dindan ajratib bo`lmaganidek, tarixni dindan ajratib bo`lmaydi. Tarixni 
soxtalashtirmasdan, qanday bo`lsa, shundayligicha o`rganish kerak, degan 
tushuncha 
hamisha 
ustuvor 
bo`lishi 
kerak. 
O`zbekiston tarixi fanining uzviy va mantiqiy davomi sifatida “O`zbekistonning eng 
yangi tarixi” fanini o`qitish xaqida so`z ketganda, avvalo mustaqillik 
qo`lga 
kiritilganidan keyingi
, ya’ni 1991-yildan beri mamlakatimiz bosib o`tgan 
tarixiy yo`lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon 
qanday o`tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning 
dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir. 
“O`zbekistonning eng yangi tarixi”, ya’ni O`zbekistonning davlat mustaqilligiga 
erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining 
e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, 
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga 
har tomonlama integratsiyasini
, xalqaro 
munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, 
tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib 
beriladi. 
“O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`qitishning
 maqsadi
– mustaqillik 
yillarida O`zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o`zgarishlar, tub 


islohotlarning mazmun-mohiyatini ko`rsatish va jamiyat hayotida aholining, 
jumladan, 
talaba-yoshlarning 
o`rnini, 
o`zligini 
anglatishdan 
iborat. 
O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`qitishning 
vazifalari 
– mustaqillikka 
erishish arafasida O`zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda 
mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, 
ijtimoiy-iqtisodiy
, siyosiy va ma’naviy 
hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga 
tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda 
milliy 
g‘ururni 
shakllantirishdan 
iborat. 
“O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`rganishning nazariy-uslubiy asoslari 
O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini, 
shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va 
ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritishda 
ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik, 
tizimlilik
, tarixiylik, ob’ektivlik va 
qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. 
2.
Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish va yoritishda 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin