Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Semantic and dictionary meanings of the word-groups denoting
professional names
Elyor IMAMOV
1
Kokand State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021
Received in revised form
20 March 2021
Accepted 15 April 2021
Available online
20 May 2021
The article discusses the lexical units of the language,
including the fact that professional names belong to the semantic
field of personal names according to the nature of their meaning,
professional names belonging to the semantic field of personal
names are divided into several thematic groups.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
lexical unit,
semantic field,
archisema,
phrase,
system-structural method,
semantic group.
Kasb-hunar nomlarining lug‘aviy-ma’noviy guruhlari va tahlili
АННОТАЦИЯ
Kalit so‘zlar:
Lug‘aviy birlik,
semantik maydon,
arxisema,
ibora,
sistem-struktur metod,
mazmuniy guruh.
Maqolada tildagi lug‘aviy birliklar, shu jumladan, kasb-hunar
nomlari o‘z mg‘no xususiyatiga ko‘ra shaxs nomlari semantik
maydoniga mansubligi, shaxs nomlari semantik maydoniga
mansub kasb-hunar nomlari bir qancha mavzuviy guruhlarga
bo‘linishi haqida so‘z boradi.
1
Lecturer, Kokand State Pedagogical Institute. Kokand, Uzbekistan.
E-mail: imomovelyor@gmail.com.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
491
Семантический анализ слов обозначающих профессиональные
имена
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
лексическая единица,
семантическое поле,
архетип,
фраза,
системно-структурный
метод, семантическая
группа.
В статье рассматриваются лексические единицы языка, в
том числе принадлежность профессиональных имен к
семантическому полю личных имен по характеру их
значения, профессиональные имена, принадлежащие
семантическому полю личных имен, делящихся на
несколько тематических групп.
Tilshunoslikda semantik yoki tushuncha maydoni haqidagi fikrlar Vilgelm fon
Gumboldtning “tilning ichki formasi” haqidagi qarashlari negizida XX asrning boshlarida
paydo bo‘ldi.
Ma’lum bir arxisema (umumiy sema) asosida birlashuvchi so‘z va iboralar majmuiga
semantik yoki tushuncha maydoni deyiladi.
O‘zbek tilshunosligida leksikani semantik maydon asosida o‘rganish tilimizga
sistem-struktur metodlarning kirib kelishiga borib taqaladi. Leksemalarni tematik
maydonlarini, leksemaning mazmuniy guruhlari va to‘dalarini, leksemaning ma’noviy
munosabatlarini o‘rganish o‘zbek tili leksikologiyasining istiqbolli yo‘nalishlaridan birini
tashkil qiladi.
Tildagi so‘zlarning muhim xususiyati shuki, ular o‘zida qanday g‘oya tashiyotganiga
qarab alohida semantic (tushuncha) maydonlarini hosil qiladi.
Tildagi lug‘aviy birliklar, shu jumladan, kasb-hunar nomlari ham o‘z ma’no
xususiyatiga ko‘ra shaxs nomlari semantik maydoniga mansub. O‘zbek tilidagi shaxs
nomlari semantik maydoniga mansub kasb-hunar nomlari ham bir qancha mavzuviy
guruhlarga bo‘linadi. Biz o‘zbek tilidagi kasb-hunar nomlarini Sh.Iskandarov, A.Sobirov
tadqiqotlariga tayangan holda quyidagi mavzuiy guruhlarga ajratishni lozim topdik:
1.
Ta’lim sohasi bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari:
adib, maktabdor, muallim,
murabbiy, mudarris, o‘qituvchi, tarbiyachi
kabi
.
Ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari ichida eng qadimiylaridan biri
bo‘lgan
pedagog
so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib,
tarbiyachi
degan ma’noni anglatadi. Hozirgi
o‘zbek tilida pedagog – bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi,
shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxs, o‘qituvchiga nisbatan
qo‘llanadi.
Maktabdor
so‘zi tarixiy kasb-hunar nomi bo‘lib, oktabr to‘ntarishidan oldingi davrda
xususiy maktabi bo‘lgan muallimga nisbatan ishlatilgan: muallim, murabbiy kabi
tushunchalarni anglatgan:
Solih mahdum, o‘z qatoridagi maktabdor domlalarni aslo ko‘rolmas, ularga qarshi
yuragida umrlik kek saqlar edi.
(A.Qodiriy, “Mehrobdan chayon”).
Muallim
arabcha so‘z bo‘lib,
o‘rgatuvchi, o‘qituvchi, ustoz
degan ma’nolarni
anglatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p ma’noli so‘z sifatida quyidagi ma’nolarda
ishlatiladi:
1.
Dars beruvchi kishi; o‘qituvchi, pedagog:
matematika muallimi.
2.
Ta’lim beruvchi, birovga biror narsa o‘rgatuvchi kishi; ustod-ustoz.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
492
Murabbiy
arabcha so‘z bo‘lib,
tarbiyachi
degan ma’noni anglatadi va hozirgi o‘zbek
adabiy tilida quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
1.
ayn. tarbiyachi:
Murabbiy – bola qalbida nish ura boshlagan umid g‘unchalarining mehribon
sohibidir.
(Usmonov S, “Odobnoma”).
Omuzgor
so‘zi arxaik kasb-hunar nomi bo‘lib, o‘rgatuvchi, ustoz ma’nolarini
anglatgan:
Yana surdi farmondehi ro‘zgor,
Ey donnish ahlig‘a omuzgor.
(“Saddi Iskandariy”, 295. B. 8.).
O‘qituvchi
- fan tarbiya asoslaridan birini o‘qitadigan, dars beradigan kishi:
Oqko‘lga o‘xshagan uzoq qishloqlarga o‘qituvchi yetishmas edi.
(Qodirov P. “Qora
ko‘zlar”).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq kasb-hunar nomlaridan
pedagog, muallim, murabbiy, o‘qituvchi
so‘zlari o‘zaro ma’nodoshlik kasb etadi va hozirgi
kunda ham faol ishlatilmoqda.
2.
Tibbiyot sohasi bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari:
tabib, azayimxon, akusher,
aptekachi, dorigar, baleneolog, doktor, shifokor, jarroh (xirurg), vrach, laringolog,
stamatolog.
Tibbiyot – kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrini uzaytirish,
kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar
majmui.
Tibbiyot
so‘zi o‘rnida
meditsina, tabobat
so‘zlari ham ishlatiladi. Shu sohaga oid
kasb-hunar nomlari ham bir qancha.
Tabib
so‘zi arabcha bo‘lib,
shifokor, da’volovchi; vrach
ma’nolarini anglatadi. Bu
kasb-hunar nomi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
1.
Bemorlarni davolovchi mutaxassis; vrach:
Kasalning tuzalgisi kelsa, tabib o‘z
oyog‘i bilan keladi.
(Maqol).
2.
Tibbiyot ilmidan muayyan mutaxassis tayyorlovchi o‘quv yurtida ta’lim olmagan,
o‘z harakati, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolash bilan shug‘ullanuvchi shaxs:
Tabib qo‘y jigarini ham kabob qilib, bujg‘un sepib yeng, degan edi... dardi shifo topmabdi.
(M. Ismoiliy, “Farg‘ona tong otguncha”).
Hozigi kunda
tabib
so‘zining
bemorlarni davolovchi mutaxassis, vrach
ma’nosi
eskirib,
tabiiy usullar bilan, hayotiy tajribasi orqali bemorlarni davolovchi shaxs
ma’nosi
bilan iste'molda.
Akusherka
fransuzcha so‘z bo‘lib,
tug‘ruqqa yordam bermoq
ma’nosini anglatadi.
Homiladorlarni muntazam kuzatish, dispanser kuzatuv ro‘yxatiga olish, ularning
kasalligini aniqlash, tug‘ruq vaqtida va tug‘ruqdan keyingi (chilla) vaqtida tibbiy yordam
ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi, maxsus o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimi.
Doktor
so‘zi lotincha bo‘lib,
o‘qituvchi, muallim, ustoz
ma’nolarini anglatadi. Hozirgi
o‘zbek adabiy tilida ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
1.
So‘zlashuv tilida kasalliklarni davolovchi oliy ma’lumotli tibbiyot xodimi;
shifokor, vrachga nisbatan qo‘llanadi:
Oyim ham tez-tez doktorga qatnaydigan bo‘lib qoldi.
(S.Siyoyev, “Yorug‘lik”)
2.
Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan fan nomzodlari yoki professorlarga
beriladigan oliy ilmiy daraja va shu darajani olgan olim.
Filologiya fanlari doktori.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
493
Shifokor
arabcha so‘z bo‘lib,
shifolovchi, davolovchi
ma’nolarini anglatadi. Hozirda
quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
1.
Umuman, kasalliklardan xalos qiluvchi; davolovchi.
Shifokorlar qadimgi
davrlardayoq zaharli moddalarning inson sihat-salohatligi uchun nafi borligini e’tirof
etganlar.
(Z. Egamberdiyev, “Zaharning nafi”).
2.
Tibbiyot institutini bitirgan va davolash-profilaktika hamda sanitariya-
epidemiologiya muassasalarida ishlash huquqiga ega bo‘lgan mutaxassis; vrach, doktor.
Yomon shifokorning qotildan farqi yo‘q.
(O‘. Hoshimov, “Nur borki soya bor”).
Jarroh (xirurg)
arabcha
xirurg
degan ma’noni anglatib, kasalliklarni operatsiya yo‘li
bilan davolovchi vrachga nisbatan ishlatiladi:
Ibn Yamin bilan Hamza jarrohga kerakli
narsalar keltirib berib turishdi.
(Komil Yashin, Hamza).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
jarroh
o‘rnida
xirurg
so‘zi ham ishlatiladi.
Vrach
so‘zi rus tiliga mansub bo‘lib,
gapirmoq, so‘zlamoq; avroqchi, sehrgar
kabi
ma’nolarni anglatadi. Bu kasb-hunar nomi hozirgi kunda oliy ma’lumotli tibbiyot xodimiga
nisbatan ishlatiladi:
Bolalar vrachi.
Vetvrach
so‘zi veterinariya vrachi, veterinarga nisbatan ishlatiladi:
Bunaqa
jigarrang “Jiguli”dan sovxozda yetti kishida bor. Qaysi biri ekan? Bosh zootexnikmi,
vetvrachmi, kim bo‘ldi?
(Gazetadan)
Hakim
so‘zi arabcha
dono, oqil, donishmand; tabib; faylasuf
kabi ma’nolarni
anglatadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa
hakim
so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib, quyidagi
ma’nolarda ishlatiladi:
1.
O‘tkir tabib; vrach, doktor:
Qadimgi dunyo hakimlari kishi asabiga musiqaning
ta’sirini alohida ta’kidlaganlar.
(Gazetadan)
2.
Donishmand faylasuf:
Forobiy ulug‘
yunon hakimining juda chigal falsafiy
mulohazalari mag‘zini chaqib bergan.
(Mirkarim Osim, “Ibn Sino qissasi”).
3.
Hakim (erkaklar ismi).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida tibbiyot bilan bog‘liq kasb-hunar nomlaridan
doktor,
shifokor, vrach
so‘zlari faol qo‘llanmoqda.
3.
Dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari:
dehqon, bog‘bon, bedakor, ziroatchi, zig‘irkor, jo‘xorikor, kartoshkakor, suvchi-
mirob, fermer, brigadir, g‘allakor, agronom-hosilot, paxtakor
kabi.
Dehqon
so‘zi forscha so‘z bo‘lib,
kata yer egasi, zamindor; qishloq hokimi
degan
ma’nolarni anglatadi. Eski o‘zbek adabiy tilida bu nom ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib, quyidagi
ma’nolarda ishlatilgan:
1)
qishloq boshlig‘i; badavlat kishi; dehqon:
Yo‘lda Isfaroyi shahrig‘a yetkanda bir dehqon uyiga tushti.
(“Tarixi muluki ajam”, 519.)
2)
tajribakor, ishbilarmon, ish boshqaruvchi:
Mulki jahon mazra’i dehqoni ul,
Balki jahon mulki nigahboni ul.
(“Hayrat ul – abror” 57-13.)
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa dehqon so‘zi asosiy kasbi yerga ishlov berish, ekin
ekishdan iborat bo‘lgan kishiga nisbatan ishlatiladi:
Dehqon bo‘lsang, shudgor qil, mullo
bo‘lsang, takror qil.
(Maqol)
1
Demak,
dehqon
so‘zida ma’no torayishi yuz bergan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415
494
Barzagar
so‘zi eski o‘zbek adabiy tilida
dehqon, ekin ekuvchi, g‘allakor
ma’nolarida
qo‘llangan:
Barzagarg‘a andin kom hosil, pushakashg‘a andin murod vosil.
(“Mahbub ul-qulub” 46.)
4.
Savdo-sotiq bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari:
bazzoz, attor, tarafurush, allof,
aspijallob, baliqfurush, baqqol, bodroqchi, bozirgon, bozorgon, namadfurush, savdogar,
savdopesha, sotuvchi, gilamfurush, dallol, qassob
kabi.
Tijoratchi
so‘zi arabcha
savdogarlik, oldi-sotdi
ma’nosini anglatuvchi
tijorat
asosidan
-chi
affiksi vositasida yasalgan bo‘lib, hozirda faol qo‘llanmoqda. Mazkur so‘z ham
aynan
savdogar
so‘zining sinonimidir.
Tahlillardan ko‘rinadiki, til tarixida
savdogar
so‘zining bir necha sinonimlari,
variantlari bo‘lgan. Bu variantlar arab va fors-tojik tilidan so‘z o‘zlashtirish asosida yuzaga
kelgan. Til taraqqiyotiga xos eskirish va sayqallanish omillari asosida hozirgi tilimizda
savdogar va
uning
tijoratchi, sotuvchi
kabi sinonimlari faol ishlatiladi
.
Arabcha
baqqol
so‘zining lug‘aviy ma’nosi
oziq-ovqat mollari, sabzavot sotuvchi
degan ma’noni anglatib, eski o‘zbek adabiy tilida mayda-chuyda ro‘zg‘or mollari va oziq-
ovqat (meva, shirinliklar va shu kabi)lar sotuvchi mayda savdogarga nisbatan eski o‘zbek
adabiy tilida qo‘llangan:
Har yili hamalning o‘ninchi kuni shahardagi nufuzli baqqollardan
biri yetti xil ko‘kat, yetti xil meva solingan barkash ko‘tarib saroyga borardi. (S.Siyoyev,
“Avaz”).
5.
Me’morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari:
banno, boniy, loygar, me’mor,
naqshpayvand, naqshsoz, naqqosh, navkash, pozaliq, sabbog‘, sangtarosh, arxitektor,
binokor
kabi.
O‘zbekiston me'morchiligi juda qadimiyligi, turli-tuman me'moriy yodgor- liklari,
yuksak nafosat mujassam bo‘lgan mahobatli osori atiqalari bilan diqqat- e'tiborni tortadi.
Shu bois me'morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlarining yuzaga kelishi uzoq o‘tmishga
borib taqaladi. Shu bois o‘zbek tili leksikasining barcha taraqqiyot bosqichlarida
me'morchilik bilan bog‘liq kasb-hunar nomlari salmoqli o‘rin egallaydi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, til tarkibining taraqqiyoti: lug‘aviy birliklarning
eskirishi, yangilanishi va sayqallanishi kasb-hunar nomlariga ham xos bo‘lib, mazkur
mavzuiy guruh ham jamiyat hayotidagi turli, xususan, me'morchilik hamda shaharsozlik
borasidagi o‘zgarishlar ta’sirida takomillashib borgan va bormoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Dojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2002. – B. 87.
2.
Iskandarova Sh. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muammolari. –
Toshkent: Fan, 1998. – B. 152.
3.
Sobirov A. O‘zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida
tadqiq etish. – T.: Maʼnaviyat, 2004. – B. 160.
4.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent, 2004. – 8-j. – B. 414.
5.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. - Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.
- 1-j.- B. 219.
6.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. - Toshkent, 2006. - 1-j. - B. 190.
Dostları ilə paylaş: |