2. Qurilmalaringizdagi dasturiy va apparat ta’minotini o’z vaqtida yangilab turing
Zararli dastur dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni topadi va ular orqali qurilmalaringizga
zararlantiradi. Xakerlar va jinoyatchilar doimo ana shunday zaifliklar ortidan
izlanishdalar. Dasturiy ta’minot yaratuvchi tashkilotlar bu zaifliklarni
yangilanishlar
bilan birga chiqarilgan xavfsizlik tuzatishlari bilan bartaraf etadi. Shu boisdan,
yangilanishlar o’z vaqtida o’rnatish juda muhim.
Qanday turdagi qurilmadan foydalanishingizdan qat’iy nazar,
uning operatsion tizimi
eng so’nggi versiyasiga yangilanganligiga amin bo’ling. Yaxshisi, operatsion
tizim va
antivirus dasturini avtomatik ravishda yangilanadigan qilib sozlaganingiz ma’qul.
Qurilmalaringizdagi qolgan dasturlarni tez-tez va muntazam ravishda yangilab turing.
Agar so’nggi olti oy ichida mobil telefoningizning operatsion tizimi uchun hech
qanday yangilanishlar olmagan bo’lsangiz, smartfoningiz eski model bo’lishi va
ishlab
chiqaruvchi uni qo’llab-quvvatlashni to’xtatgan bo’lishi ehtimoli mavjud. Bunday
holda, telefonni muhim xavfsizlik yangilanishlarini
oluvchi yangiroq modelga
almashtirganingiz ma’qul.
Dostları ilə paylaş: