qanchalik ishonchliligini aniqlash uchun boshqa foydalanuvchilarning fikrlari bilan
tanishishingiz to’g’ri bo’ladi.
Qurilmalaringizga oʻrnatilgan barcha ilovalarni muntazam ravishda qayta koʻrib
chiqishni odat qiling. Keraksiz ilovalarni o’chirib tashlang.
5. Biriktirmalardan foydalanishda ehtiyot bo’lish
Notanish yoki siz toʻliq ishonmaydigan shaxslar tomonidan yuborilgan elektron
pochta xabarlari, ijtimoiy media yoki sms xabarlaridagi biriktirmalarni hech qachon
yuklab olmasligingiz yoki ochmasligingiz kerak. Bu raqamli xavfsizlikning eng asosiy
qoidalaridan biridir. Firibgarlar va jinoyatchilar, zararli dasturlar bilan zararlangan
Word, Excel, PowerPoint va PDF fayllarini qo’llashni ko’proq afzal ko’radilar. Agar
elektron pochta yoki ma’lum bir boshqa turdagi xabar sizga g’alati yoki shubhali
ko’rinsa, buning eng yaxshi yechimi uni darhol o’chirishdir.
Hatto, siz tanigan va ishongan odamlarning elektron pochta akkauntlari buzib kirilgan
bo’lishi ham mumkinligini unutmang. Shuning uchun, agar siz ulardan biriktirmali
kutilmagan xabar olsangiz, uni ochishdan oldin sizga xabarni yuborgan tanishingiz
bilan bog’langaningiz ma’qul.
Dostları ilə paylaş: