Institutsional iqtisodiyot


Institutsional nazariyalarning rivojlanishi tarixi



Yüklə 308,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü308,48 Kb.
#166736
1   2   3   4   5   6
1- мавзу ИИ

Institutsional nazariyalarning rivojlanishi tarixi 


Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy 
tadqiqotlar ko’lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon 
iqtisodiy ta’limotlarining yirik yo’nalishlari shakllandi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarini o’rganishning eng keng tarqalgan 
yondashuvlariga ko’ra, ular uchta yo’nalishni o’z ichiga oladi: neoklassika, 
institutsionalizm va keynschilik. Biroq, mamlakatimizda mazkur yo’nalishlar – 
ayniqsa, institutsionalizm yo’nalishi sohasidagi ilmiy-nazariy, o’quv-uslubiy 
jabhalar yaxlit bayon etilgan adabiyotlarni yetarli, deb bo’lmaydi. 
Institutsionalizmning nazariy yo’nalish sifatida shakllanishi bevosita klassik va 
neoklassik nazariyalar bilan bog’liq. Binobarin, neoklassika tamoyillaridagi
yuqorida ko’rsatilgan cheklovlarni hisobga olgan holda, bozor modelini tuzishga 
yo’naltirilgan nazariya – institutsionalizm hisoblanadi. Ushbu nazariyaning 
tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan barpo etiladigan va o’zaro 
hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy me’yorlar va qoidalar 
turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan yangi 
nazariya bo’lib, bozor munosabatlarini tahlil qilishning yangi sohasidir.
Institutsionalizm bugungi kunda iqtisodiyot fanining eng tez rivojlanib 
borayotgan yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ko’proq neoinstitutsional 
iqtisodiy nazariyaga yoki yanada kengroq qilib aytadigan bo’lsak, neoinstitutsional 
nazariyaga yoki neoinstitutsionalizmga taalluqli. 
Ilmiy 
manbalar 
[30, 
32, 
34, 
40, 
41, 
47] 
guvohlik 
berishicha, 
neoinstitutsionalizm chuqur tarixiy ildizga ega. XIX asr oxiri – XX asr boshida 
yuzaga kelgan “eski” institutsionalizmning asoschilari bo’lib T.Veblen, 
J.R.Kommons va U.Mitchellar hisoblanishadi. Hozirgi zamon iqtisodchilari 
ularning ishlaridan bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va 
iqtisodiyot fanining an’anaviy usullari yordamida izohlanishi qiyin bo’lgan 
jarayonlarni tahlil qilish imkonini beruvchi g’oyalarni topmoqda. 
Biroq o’tgan asrning 60-70 yillarigacha institutsional yo’nalish ancha sust 
rivojlangan. Keyinchalik eski g’oyalar ikkinchi bosqich institutsionalistlari – 
J.K.Gelbreyt, R.Xaylbroner, F.Perru, J.Furastьe, G.Myurdalь va boshqalarning 
ishlarida o’z ifodasini topgan. 
“Eski” (zamonaviy) institutsionalizmning uchinchi bosqichi asosan J.Xodjson 
boshchiligidagi [55] “kembridj maktabi” olimlarining faoliyati bilan bog’liq. 
SHu bilan birga turli iqtisodiy maktablarga mansub bir qator iqtisodchilar [30, 
31] institutsional tizimlarni tahlil qilish bilan shug’ullanib, o’z tadqiqotlarida 
institutsional yondashuvdan bevosita yoki bilavosita foydalanishgan. 
Institutsional nazariyaning ko’p sonli masalalarini yorituvchi adabiyotlarda [31, 
39, 40, 50, 56] institutsionalizm turli yo’nalishlarining metodologik xususiyatlari 
to’g’risidagi fikr-mulohazalarga katta ahamiyat berilgan. 
“Eski” institutsionalizm bilan neoinstitutsionalizmda ko’plab umumiyliklar 
mavjud – bu institutlarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni 
o’rganishga nisbatan evolyutsion yondashuvning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir. 
Umuman olganda ushbu ikkita yondashuv kesishuv nuqtalariga ega emas. 


Rossiyalik olim R.Nureevning fikriga ko’ra, “eski” institutsionalizm bilan 
neoinstitutsionalizm o’rtasida, kamida, uchta asosiy farq mavjud1. 
1) Agar “eski” institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya muammolarini 
jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o’rganishga intilgan holda huquq va 
siyosatdan iqtisodiyot tomon borishsa, neoinstitutsionalistlar bunga to’g’ridan-
to’g’ri qarama-qarshi yo’ldan borishadi, ya’ni ular o’z tahlilida neoklassik 
iqtisodiy nazariya vositalariga tayanadi, zamonaviy mikroiqtisodiy usullarni 
qo’llagan holda siyosiy va huquqiy muammolarni o’rganadi. 
2) “Eski” institutsionalizm asosan induktiv usulga asoslanib, alohida holatlardan 
umumlashtirishga tomon intildi, buning natijasida, qator iqtisodchilarning fikriga 
ko’ra, umumiy institutsional nazariya yuzaga kelmadi; neoinstitutsionalizm 
deduktiv yo’ldan borib, neoklassik iqtisodiy nazariyaning umumiy tamoyillaridan 
ijtimoiy hayotning muayyan hodisalarini izohlashga intilmoqda. 
3) “Eski” institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida asosiy 
e’tiborni insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, kasaba 
uyushmalari va hukumat) xatti-harakatiga qaratdi; neoinstitutsionalizm qaysi 
jamoa a’zosi bo’lish uning uchun foydali ekanligini o’z manfaatlariga amal qilgan 
holda hal etuvchi mustaqil individga e’tibor qaratadi. 
4) “Eski” institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi, uni umumiy 
tarzda quyidagicha ta’riflash mumkin: “institutlar birlamchi, individlar 
ikkilamchi”. Ushbu holat neoinstitutsional nazariyaga asos qilib olindi. 
SHu nuqtai nazardan “eski” va “yangi” institutsional maktablarni bir biridan 
farqlash lozim. Ingliz iqtisodchisi J.Xodjson [55] u yoki bu yo’nalishga mansub 
olimlarni quyidagicha tarzda tasniflashni taklif qiladi: 
“Eski” institutsional maktab: T.Veblen, J.R.Kommons, U.Mitchellar, 
Y.SHumpeter, J.K.Gelbreyt, F.Nayt, K.Polani, K.Ayres, G.Myurdalь. 
“Yangi” institutsional maktab: R.Kouz, D.Nort, O.Uilьyamson, R.Pozner, 
M.Olson, F.Xayek. 
J.Xodjsonning fikriga ko’ra [55], agar “eski” maktab darvinizmga asoslanib, 
raqobatlashuvchi 
institutlar 
to’g’risidagi asoslardan foydalangan holda 
institutlarning uzoq vaqt mobaynida rivojlanishini ko’rib chiqqan bo’lsa, “yangi” 
maktab ijtimoiy darvinizmdan yiroqlashib, o’z tadqiqotlarini metodologik 
individualizm nuqtai nazaridan olib bormoqda. SHunday qilib, J.Xodjson “yangi” 
maktabni ko’p jihatdan tanqid qiladi. Uning ta’kidlashicha, “yangi” maktabning 
nochorligi shunda namoyon bo’ladiki, tadqiqotlarga jamiyat o’zining “tabiiy 
holatida” asos qilib olingan bo’lib, unda qandaydir insoniy munosabatlar mavjud, 
lekin institutlarsiz; institutlar urf-odatlar va qoidalar bilan birgalikda paydo 
bo’lishi, so’ngra esa insonlar tomonidan qonuniyat sifatida ochilishi hisobga 
olinmaydi. Masalan, K.Magner pulning paydo bo’lishi muammosini tadqiq etishni 
jamiyatning unda pul mavjud bo’lmagan institutlardan holi bo’lgan holatini tahlil 
qilishdan boshlab, so’ngra esa ularning paydo bo’lishiga individual agentlarning 
1 Нуреев Р. Институционализм: вчера, сегоднya и завтра. В кн. «Институциональнаya экономика». 
Учебное пособие / А.Олейник. –М.: ИНФИМ, 2000. -5-7 б. 


oqilona qarorlari natijasi sifatida qaraydi. O.Uilьyamson ham asos sifatida 
institutlardan holi makon – institutlarsiz bozorni ko’rib chiqadi, so’ngra esa 
transaktsiya xarajatlarini qisqartiruvchi tuzilmalar sifatida firmalarning paydo 
bo’lishini tadqiq etgan. J.Xodjsonning fikricha [55], neoinstitutsional olamning 
bunday taxmini noto’g’ri, chunki jamiyat azaldan institutsionallashgan. Ushbu 
xulosa, 
uning 
ta’kidlashicha, ko’plab iqtisodchilarning “eski” maktab 
institutsionalistlarining g’oyalariga qaytishiga sabab bo’ldi. 
SHuni 
alohida 
ta’kidlash lozimki, “yangi” institutsional maktab, 
neoinstitutsional nazariya va yangi institutsional iqtisodiyot – bularning barchasi 
bitta narsa emas. “Yangi” maktab, R.Nureevning fikricha, o’z asoslariga ko’ra bir-
biridan farq qiluvchi ikkita so’nggi yo’nalish: neoinstitutsionalizm uchun 
neoklassik 
nazariya 
va 
yangi 
institutsional 
iqtisodiyot 
uchun 
“eski” 
institutsionalizm yo’nalishlariga asos bo’lib xizmat qildi. 
Yangi institutsional iqtisodiyot vakillari tomonidan nafaqat ushbu yo’nalish 
doirasida, balki boshqa yo’nalishlar doirasida ham tan olinib, keng qo’llanilgan bir 
necha nazariya ishlab chiqildi. Bular o’yinlar nazariyasi (J. Fon Neyman, 
O.Morgenshtern, J.Nesh) va to’liqsiz oqilonalik nazariyasi (G.Saymon) 
hisoblanadi [30]. Yangi institutsional iqtisodiyotning hozirgi zamon ishlanmalarini 
frantsuz maktabi iqtisodchilari – L.Teveno, O.Favro, A.Orlean, R.Buaye va 
boshqalar ishlarida uchratish mumkin [30, 31]. 
Biroq, institutsionalistlarning bahs-munozaralari bir yo’nalishning boshq 
yo’nalishdan ustunligini isbotlashga qaratilgan. Bir qator iqtisodchilar, xususan, 
T.Eggertsonning ta’kidlashicha2, “faqat vaqt munozaralarda hakam sifatida 
ishtirok etishi mumkin. Aynan metodologik ziddiyatlar tufayli J.R.Kommons 
boshchiligidagi 
eski 
amerika 
institutsionalistlarining 
urinishlari 
muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki, 1984 yilda R.Kouz yozganidek, “hech 
qanday nazariyaga ega bo’lmagan ular (amerika institutsionalistlari) hali anglab 
yetishni talab etuvchi quruq izohli materialdan boshqa hech narsani taklif eta 
olishmadi”. 

Yüklə 308,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin