Rossiya iqtisodiyot fanida neoinstitutsional nazariya R.I.Kapelyushnikov,
O.S.Suxareva, A.N.Oleynik, V.M.Polterovich, V.L.Tambovtseva, A.E.SHastitko
va boshqalarning ishlarida rivojlantirilgan [31, 34, 40, 41, 43, 48, 51, 56].
Xufyona va norasmiy iqtisodiyotning institutsional jihatlari A.Auzan, L.Kosals,
A.Oleynik, V.Radaev, L.Timofeev, Yu.Latov va boshqalarning ishida o’z
aksini
topgan [41, 47, 52].
Neoinstitutsional nazariyaning sanab o’tilgan yo’nalishlari o’rtasida ko’plab
farqlar ham, umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni
ajratadi [59]:
Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga
soluvchi qoidalar va
shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko’rinishda
modellashtirishga intilishadi, bunda andoza sifatida ko’proq
neoklassik modelda
mulk huquqlarining eng na’munali yo’lidan foydalaniladi.
Ikkinchidan, to’liq axborot va almashuvning nolь darajali xarajatlari
to’g’risidagi neoklassik
taxminlar oydinlashtirildi, shuning uchun ijobiy
transaktsiya xarajatlarining oqibatlari o’rganilmoqda.
Uchinchidan, baholanadigan ne’matlarda faqat ikkita o’lchov –
narx va sifat
o’lchovlari mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi, shu sababdan iqtisodiy
natijalar va iqtisodiy tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o’zgarishlarining
oqibatlari tadqiq etilmoqda.
Yana bir bor shuni ta’kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha to’liq
shakllanmagan: ta’riflar va atamashunoslik borasida to’liq uyg’unlikka
erishilmagan, matematik modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda
juda kam darajada foydalanilmoqda, empirik testlashga katta e’tibor qaratiladi (bu
ayniqsa o’tish iqtisodiyotidagi
jarayonlarni tahlil qilishda, masalan, xufyona
sektorni o’rganishda, turli ma’muriy to’siqlarning samaradorligini
tadqiq etishda
yaqqol ko’zga tashlanadi).
Dostları ilə paylaş: