33
Kredit pullar o`zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki
ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit
pullar qog’oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o`zida
qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo`lib,
kreditor va qarz
oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit
pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
Veksel
– bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning
(o`tkazma veksel - tratta) ko`rsatilgan summani, ko`rsatilgan
vaqtda va joyda to`lash to`g’risidagi yozma majburiyati
hisoblanadi.
Banknota
– kredit pullarning yetakchi vakillaridan bo`lib,
Markaziy
bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo`li bilan
chiqariladi.
O`tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo`lib, xoxlagan
vaqtda uni bankka topshirib, o`rniga unda ko`rsatilgan summaga
oltin yoki kumush olish mumkin bo`lgan.
Hozirgi zamon banknotalari oltinga almashilmaydi.
Lekin
ular quyidagi yo`llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:
– xo`jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan
kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi;
– davlatni kreditlash, ya`ni banknotalar davlatning qarz
majburiyati sifatida muomalaga chiqadi;
– aktiv to`lov balansiga ega bo`lgan
davlatlarda rasmiy
valyuta zaxiralarining o`sishi orqali va boshqalar;
Oltinni demonetizatsiya qilish jarayonining sabablari:
1. Erkin raqobat, ya`ni kapitalizm davrida eng katta
rivojlanishga erishgan oltin muomalasi tizimining nomuvofiqligi,
iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichida
tovar ishlab chiqarish
ehtiyojlari.
2. Kredit va kredit munosabatlarini rivojlantirish.
3. Davlatning iqtisodiy rolini kuchaytirish.
4.Tovar-pul munosabatlarining oltin ishlab chiqarish
hajmining ko`payishi bilan taqqoslaganda jadal rivojlanishi tufayli
pulga bo`lgan ehtiyojning tezroq o`sishi.
5. Oltin pullardan foydalanishning yuqori narxi.
Banknotlar
- bu bankning, hozirda markaziy bankning
majburiyatini ifodalovchi naqd pul mablag’lari.
34
Talab bo`yicha bank hisobvaraqlaridagi mablag’lar (depozit
pul) - bu banklar tomonidan naqdsiz shaklda chiqarilgan kredit pullari.
Banknotalar singari, ular banklarning majburiyatlari.
Depozit pulni yaratishning ikkita asosiy usuli mavjud:
1) banklar tomonidan
naqd pulsiz kreditlar berish, ya’ni qarz
oluvchining hisob raqamidagi kredit miqdori. Shu bilan birga,
muomalada pul miqdori ko`payishini ko`rsatadi;
2) banklar tomonidan depozitlar uchun naqd pul mablag’lari
qabul qilinishi. Muomaladagi pul miqdori o`zgarmaydi: omonatchi
banknotalarni depozitga "almashtiradi" (muomaladagi banknotalar
soni kamayadi, shu bilan birga depozit pullari ko`payadi).
Dostları ilə paylaş: