-26-
saltanatida boshqaruv idoralari dargoh va devonlarning faoliyati, rahbarlikka
tayinlaganlarining shaxsiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Tayanch atamalar:
kengash, mashvaratu maslahat, tuzuklar, amirlar,
sayyidlar, mashoyixlar, raiyat, qo‘shin, dargoh, devon.
Sohibqiron Amir Temur Movarounnahrdagi mo‘g‘ul bosqinchilarining 150
yillik
hukmronligiga barham berib, o‘z zamonasining kuch-qudratda tengsiz
markazlashgan saltanatiga asos solgan. Amir Temur o‘zining 35 yillik hukmronligi
davrida Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors
qo‘ltig‘iga qadar g‘oyat katta hududni o‘z ichiga olgan ulkan
bir saltanatni vujudga
keltirgan. Bundan tashqari, yana u Osiyoning janubiy-g‘arbiy tomonlari, Kichik
Osiyo, Suriya, Misr va shimoliy-g‘arbda Quyi Volga, Don bo‘ylari, shimoliy-sharqda
Balxash ko‘li va Ili daryosi bo‘ylari hamda janubiy-sharqda Shimoliy Hindistongacha
bo‘lgan hududlarni o‘ziga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi.
Temur zamonasining buyuk saltanatinini barpo qilgan bo‘lsa-da,
ammo u
umrining oxirigacha o‘zini bu davlatning «qonuniy» xoni deb e’lon qila olmagan.
Chunki, u nasl-nasabi jihatidan bevosita chingiziylar sulolasiga mansub emas edi.
Shuning uchun ham chingiziylar tomonidan belgilangan an’anaga ko‘ra, Temur avval
o‘z huzurida Movarounnahrning Chingizxon avlodidan bo‘lgan o‘ttizinchi xoni
Suyurg‘atmishni (1370-1388) uning vafotidan keyin esa Suyurg‘atmishning o‘g‘li
Sulton Mahmudxonni (1388-1402) rasmiy xon qilib ko‘tarib, hatto umrining
oxirigacha ularning nomidan yorliqlar chiqartirgan, pullar zarb ettirgandi. Ammo har
ikki xon ham nomigagina «xon» bo‘lib, davlatning siyosiy hayotiga va Temur bergan
farmoyishlarga mutlaqo aralashmasdilar. Shunga qaramasdan, Temur mamlakatda
o‘zining bevosita hukmronligiga qonuniy tus berish
va uni mustahkamlab olish
maqsadida chingiziylar avlodidan bo‘lgan Qozonxonning qizi Saroy Mulkxonimga
uylandi. 1370 yilda Saroy Mulkxonim bilan bo‘lgan nikoh tufayli Temur o‘zining
amirlik darajasiga «ko‘ragon», ya’ni «xonning kuyovi» unvonini qo‘shib oldi va
-27-
rasmiy hujjatlarda «Amir Temur ko‘ragoniy» nomi bilan yuritilishiga musharraf
bo‘ldi.
Amir Temur buyuk davlat arbobi, siyosatchi, o‘tmish davlatchilik tajribalariga
asoslanib o‘ziga xos davlat boshqaruviga asos soldi. “Temur tuzuklari”ga muvofiq,
Sohibqiron Temur “Davlat ishlarining 9 ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan
bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilishini angladim”, – deb ta’kidlagan. Darhaqiqat,
Amir Temur yuritgan saltanat ishlarida to‘rt narsaga amal qilgan, ya’ni: 1) kengash;
2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy qaror; 4) ehtiyotkorlik[1,14].
Sohibqiron Amir Temur saltanatining
boshqaruvida va uni yanada
mustahkamlashuvida “tuzuklari”dagi o‘n ikki qoidaga butun hayoti davomida rioya
etganligini ta’kidlagan. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Islom dini va shariat qonun-qoidalariga rioya qilishi, uni qo‘llab-quvvatlash.
2. Saltanatning ustunlarini tashkil etgan o‘n ikki tabaqa va toifadagilar bilan
bamaslahat ish ko‘rish, siyosat yurgizish.
3. Maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyor-ehtiyotkor bo‘lish.
4. Davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqarish.
5. Amirlar va sipohiylar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, ularga izzat va
hurmat ko‘rsatish, martaba va unvonlarini hurmatlash.
6. Adolat va insof bilan siyosat yurgizish.
7. Sayyidlar,
ulamo-yu mashoyixlar, oqilu donolar, muhaddislar, tarixchilarni
izzat-hurmat qilish. Fan va madaniyatga homiylik qilish.
8. Biror ishni amalga oshirishga qaror qilgan bo‘lsa,
unga butun vujudi bilan
kirishish va uni oxiriga yetkazish.
9. Raiyat (oddiy xalq) ahvolidan doimo ogoh bo‘lish.
10. Turk, tojik, arabu ajamning turli toifalariga do‘stona munosabatda bo‘lish.
11. Barcha qarindosh-urug‘ bilan martabasidan qat’iy nazar yaxshi
munosabatda bo‘lish.
12. Sipohilarga, qo‘shinga e’tiborli bo‘lish[2, 53-57].