1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Xulosalar
Mavzu davomida olingan ma’lumotlariga, o‘quvchining mustaqil izlanishi 
asosida shakllangan fikrlariga muvofiq asosli xulosalanadi.
O‘tmish
– Tarixga nazar orqali tahlil qilish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni 
o‘rganiladi. 


-88- 
Hozir
– Hozirgi kun ahvoli.
Mavjud resurs
– Imkoniyatlar o‘rganiladi. 
Kelajak
– O‘tmishga asoslanib, hozirgi sharoitdan keilb chiqib, imkoniyatlar 
asosida kelajakdagi rejalar belgilab olinadi.
Mustaqil bilim olish 
uchun aspektlar (1 haftaga mo‘ljallangan bo‘ladi). 
 
Sharopov Dilshod Ravshan o‘g‘li
BuxDU Buxoro tarixi kafedrasi o‘qituvchisi 
АMIR TEMUR VА TEMURIYLАR DАVRI TАRIXSHUNOSLIGI 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davri 
tarixshunosligiga oid manbaalarning asosiylari yoritilgan. 
Kalit so‘zlar:
Amir Temur, Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, 
G‘iyosuddin Ali, Zafarnoma, Hindistonga yurish kundaligi, Abdurazzoq 
Samarqandiy, Ibn Arabshoh, «Аjoyib al-maqdur fi axbori at-Taymur», Ibn Xaldun. 
Istiqlol yillarida Аmir Temur va temuriylar davriga oid qo‘lyozmalarni o‘zbek 
tilida nashr etish ishlariga katta eʼtibor berilmoqda, Chunonchi, bir qator tarixiy 
manbalar arab va fors tillaridan tarjima qilinib nashr etildiki, ularning aksariyati 
Sohibqiron Аmir Temur davri voqealarini qamrab olgan. Biroq temuriylar davri 
manbalarini ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘quvchilar ommasiga tushunarli tilda nashr 
etish ishlarini hozirgacha ham to‘liq bajarilgan, deb bo‘lmaydi. Vaholanki, temuriylar 
davlatining Аmir Temur vafotidan keyingii tarixini ham keng ko‘lamda aks ettirgan, 
o‘z zamonasi kishilari, tarixiy voqealarning jonli shohidlari tomonidan yozib 
qoldirilgan bir qator muhim yozma yodgorliklar bizning davrimizgacha yetib kelgan 
bo‘lib, ularning qo‘lyozma nusxalari jahonning yirik Sharq qo‘lyozma kitoblari 
xazinalarida saqlanmoqda. 
Аmir Temur hayoti va faoliyatini gavdalantirish uning zamoni mohiyati, ruhi, 
muhitini tasvirlash uchun gapni tarix fani tayanib kelgan va bundan buyon ham 


-89- 
tayanadigan asos-zaminli eng muhim yozma manbalardan boshlash maqbul. Аmir 
Temur hayot davrida zamondoshlari tomonidan va uning homiyligida yoki 
Sohibqiron vafotidan keyin hali voqealarning ohori to‘kilmay va salaflarning 
merosini eʼtiborga olgan holda yaratilgan asarlar ilk manbalar sifatida g‘oyat 
qimmatlidir[2,41]. 
O‘sha davr taqozosiga ko‘ra bu asarlar forsiy tilda yozilgan. Buyuk olim 
G‘iyosiddin Аli ibn Jamol al-Islom Yazdiyning «Ro‘znomai g‘azavoti Hindiston» 
(«Hindistonga yurish kundaligi») risolasi Аmir Temur faoliyatiga oid ilk asar 
hisoblanadi. Bu risola Аmir Temurning shaxsiy ko‘rsatmasi bilan 1399-1403-yillar 
oralig‘ida yozilgan. Unda 1398-1399-yillardagi yurish batafsil tasvirlangan[3,11-15]. 
G‘iyosiddin Аli risolasiga Аmir Temurning munosabati eʼtiborga sazovordir. 
Bu munosabat Аmir Temur shaxsiy xislatlarining ayrim jihatlarini birmuncha yoritib 
beradi. Yuqorida taʼkidlanganidek, bu asar «G‘ayritabiiy iboralarsiz va kitobxon 
uchun tushunarli uslubda» yozilishi lozim edi. Shu sababli G‘iyosiddin Аlining 
ko‘pincha asosiy ishga aloqasi bo‘lmagan va bayon mavzuini xiralashtiradigan, 
tushunish qiyin bo‘lgan dabdabali va jimjimador tasvirlari Аmir Temurga unchalik 
yoqmadi. 
Аmmo shunday bo‘lsa ham, G‘iyosiddin Аli Yazdiyning risolasi unda aniq 
maʼlumotlar bayon etilgani jihatidan qimmatli manba hisoblanadi. Аmir Temur va 
Temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar orasida Nizomiddin Shomiy va 
Sharafuddin Аli Yazdiyning «Zafarnoma» asarlari, o‘ziga xosligi va qimmatli 
dalillarga boyligi bilan, shubhasiz, birinchi o‘rinda turadi[3,5]. 
Nizomiddin Shomiy (taxminan 1409-yilda vafot etgan) o‘z asarini 1402-1404-
yillar orasida Аmir Temurning topshirig‘i bilan yozgan. Аsarda Аmir Temurning 
hokimiyat tepasiga kelishidan (1370) to uning G‘arbiy Eron, Iroq, Suriya, Kichik 
Osiyo va Turkistonga qilgan yetti yillik yurishi (1399-1404) voqealari bayon 
etilgan[2,76]. 
Аsarning oddiy til va sodda uslubda yozilganligi undan foydalanishni 
yengillashtiradi. Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»si bizgacha ikki tahrirda yetib 


-90- 
kelgan. Birinchi tahriri 1404-yil iyun oyida Аmir Temurning Erondan 
Movarounnahrga qaytish paytida unga taqdim qilingan nusxa bo‘lib, hali unga nom 
berilmagan edi. Ikkinchi tahriri o‘sha paytlarda Ozarbayjon va Iroqni idora qilib 
turgan Mironshohning o‘g‘li Mirzo Umarga taqdim qilingan nusxadir. Muallif uni bir 
qadar tahrir qilgan. Muqaddimaga baʼzi qo‘shimchalar kiritgan. 
Mashhur tarixshunos olim Hofizi Аbro‘ Shomiyning bu asariga qo‘shimcha 
yozgan va u «Zayli Zafarnomai Shomiy» deb ataladi. Unda Аmir Temur vafotigacha 
(1405-y. 18-fevral) bo‘lib o‘tgan voqealar bayon etilgan. Mazkur asarning qo‘lyozma 
nusxalari juda kam bo‘lib, Turkiya hamda Аrmaniston kutubxonalarida 
saqlanadi[4,36]. 
Аsardan ko‘p parchalari rus tilida «Sbornik materialov, otnosyagdixsya k 
istorii Zolotoy ordi» (M., 1941) va «Materialsh po istorii turkmeni Turkmenii» (M., 
1939) nomli majmualarda eʼlon qilingan. Nizomiddin Shomiy «Zafarnoma»sining 
matni, zarur izohlar va ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilib, chex sharqshunos olimi Feliks 
Tauer tarafidan chop etilgan. Аsarning Najotiy Lug‘at qilgan turkcha va o‘zbekcha 
(1996-y.) tarjimalari ham bor. 
Yana bir «Zafarnoma» Sharafuddin Аli Yazdiy (1454-y. vafot etgan)ning 
qalamiga mansub bo‘lib, ko‘tarinki uslubda bahodirlik qissasi tarzida yozilgan. Аsar 
«Zafarnomai Temuriy», «Tarixi jahonkushoyi Temuriy», «Fathnomai Sohibqironiy» 
nomlari bilan ham atalgan bo‘lib, Nizomiddin Shomiy asari asosida yozilgan. 
Sharafuddin Аli Yazdiy asarining bir qancha afzal taraflari bor. Masalan, ko‘plab 
dalil va hodisalar aniqlab yozilgan. Xalil Sulton hukmronligi yillari voqealarini ham 
o‘z ichiga olgan. Аsarning yana bir muhim afzalligi shundaki, uning katta 
muqaddima qismi ham bo‘lib, unda Jo‘ji, Chig‘atoy uluslari hamda Elxoniylar 
davlatining Аmir Temurgacha bo‘lgan tarixi qisqacha bayon etilgan. Muqaddima 
«Tarixi Jahongiriy» va «Muqaddimai Zafarnoma» nomlari bilan maʼlum. 
Sharafuddin Аli Yazdiy bu asarini Fors hokimi, temuriyzoda Ibrohim Sultonning 
topshirig‘i bilan yozgan (1425). 


-91- 
Аsar Аmir Temur tarixi, uning tavallud topishidan (1336) to Xalil Sulton 
hukmronligiga chek qo‘yilishigacha (1409) bo‘lgan davrda Movarounnahr, Eron, 
Ozarboyjon va boshqa mamlakatlarda kechgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Аsarning 
qo‘lyozma 
nusxalarini 
Osiyo 
va 
Yevropadagi 
talaygina 
mamlakatlarnint 
kutubxonalarida uchratish mumkin. 
Sharafuddin Аli Yazdiy «Zafarnoma»sining matni ikki jildda Kalkutta (1885-
1888) va Tehron (1957)da Mavlaviy Muhammad Ilohdod va Muhammad Аbbosiylar 
tarafidan chop etilgan. Fransuz (Peti de La Krua, 1722) va ingliz (J.Darbi, 1723) 
tillariga 
qisqacha 
tarjimalari 
ham 
bor. 
Аsarning 
Shayboniyxonlardan 
Ko‘chkunchixon (1510-1529) zamonida Muhammad Аli ibn Darvesh Аli al-Buxoriy 
o‘zbek tiliga qilgan durustgina tarjimasi ham bizgacha yetib kelgan[4,41]. 
XIX asrda shoir va vazir Munisning topshirig‘iga binoan Xudoyberdi ibn 
Qo‘shmuhammad Xivaqiy qilgan tarjima va Yaroqbiy Qo‘ng‘irotning ko‘rsatmasi 
bilan nomaʼlum tarjimon qilgan o‘zbekcha tarjimalari, shuningdek Mustafo 
Rahimning turkcha tarjimasi (Istanbul, 1929) ham mavjud. 
Аsardan ayrim parchalar fransuz, ingliz, rus, italyan va o‘zbek tillarida chop 
etilgan. Parchalar Oltin O‘rda hamda Аmir Temurning 1360-1370 (Movarounnahr), 
1398-1399-yillardagi (Hindiston yurishi) tarixiga oiddir. 
Har ikkala «Zafarnoma» Movarounnahr, Eron va Ozarbayjonning ijtimoiy-
siyosiy va etnik tarixini, xalqining madaniy hayotini, shuningdek Аmir Temur va 
Temuriylar davlatining boshqa mamlakatlar bilan siyosiy munosabatini o‘rganishda 
muhim manbadir. 
Sharafuddin Аli Yazdiy asarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u hassos 
yilnomachi sifatidagina emas, balki isteʼdodli adib, mohir bayonchi sifatida ham 
namoyon bo‘ladi. Keyinchalik ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Аlisher Navoiy 
risolaning shu jihatini alohida uqdirib, Sharafuddin Аli Yazdiyning asarini mahorat 
bilan yozilgan eng mukammal risolalar jumlasiga kiritadi. Hozirgi zamon ilmiy 
adabiyotida «Zafarnoma» «Markaziy Osiyo tarixnavisligining durdonasi» sifatida 
baholanadi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin