1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Temur baland bo‘yli, tik qomatli, keng 
peshonali, kallasi katta, bag‘oyat kuchli va salobatli, oq-qizil yuzli, qo‘l-oyoqlari 
baquvvat, keng yelkali, barmoqlari yo‘g‘on,boldirlari semiz, qaddi-qomati kelishgan, 
sersoqol, ikki ko‘zi bamisoli ikki sham, yo‘g‘on ovozli…, bexato fikrli, faxm-farosatli, 
baxtiyor, ulug‘ligi o‘ziga yarashgan, qat‘iy azm bilan so‘zlovchi, haqgo‘y kishi edi. U 
zimdan qarash va ko‘z ishoratlarini sezadigan, idrokli, sinchkov, har qanday 
ishoratdan ogoh kishi bo‘lib, yuz berishi mumkin bo‘lgan hamma ishni oldindan 
ko‘rib-bilib turar edi
”. Amir Temur bobomiz haqida tarixchi va sayyoh Ibn Xaldun 
ham o‘z qo‘lyozmasini qoldirgan. Amir Temur bobomiz bilan Ibn Xaldun 1401-
yilning yanvar-fevral oylarida uchrashgan. Amir Temur bobomiz undan Mag‘rib 
mamlakatlari haqida ma’lumot to‘plab berishini so‘raydilar olim ma’lumotlar 


-98- 
bergach,o‘z yurti Qohiraga qaytishini ijod etishini davom etirishiga ruxsat 
berganliklari haqida o‘z xotiralarida yozadi. Amir Temur bobomiz o‘z hulq- atvori va 
atrofdagilarga muomalasi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lgan.. (Hakim Sattoriy 
“Hazrat Sohibqiron” asari 34-154 bet) 
Amir Temurning siymosini yaratish 1994-yildan boshlab kirishildi. Hatto 
ko‘rik-tanlov ham e’lon qilindi. Natijada suratlar orasidan rassom, professor Malik 
Nabiyevning chizgan surati tanlab olindi. Bir necha oylik ishlaridan so‘ng, Malik 
Nabiyevning chizgan surati, Ilhom Jabborov yaratgan haykali muvofiq topildi. Amir 
Temur bobomiz haqida so‘z borganda bir savol meni qiynaydi. 1941-yil Alisher 
Navoiy bobomizning 500 yiligi munosabati bilan negadir Amir Temur bobomizning 
ham qabrlari ochiladi? Nega Amir Temur bobomizning ham ruhlari toptaladi? 
Ekspeditsiya a’zolari quyidagilar edi: Qori Niyoziy, antropolog M.Gerasimov, 
professor L.Oshanin, eronshunos A.Seminov, arxitektor B.Zasipkin, arxeolog 
B.Shishkinlardan iborat edi. 1941-yil 19-iyun kuni Amir Temur qabrini ochishga 
kirishiladi. Uning qabri o‘g‘illaridan ancha farq qilib, o‘z salovati va ulug‘vorligi 
bilan ajralib turardi. Qabr 20 sm qalinlikda og‘ir marmartosh bilan berkitilgan bo‘lib, 
toshning uzunligi 2 metr 45 sm, eni 90 sm. Bu qabr toshga mahorat bilan yozuv 
bitilgan. Qabrning uzunligi 3 metr, eni va chuqurligi 1 metr. 20-iyun kuni 
ekspeditsiya o‘z ishini davom ettiradi. Butun jarayon kinosuratga olinayotganligi va 
hujjatlashtirilib borilayotganligi uchun ish sekin davom etardi. Amir Temurning 
tobutini lahaddan oladilar. Tobutning hamma tomoni archadan yasalgan edi, shuning 
uchun ham shuncha yillar o‘tsada tobutga hech narsa bo‘lmagan edi. Ustki qismida 
esa ko‘k rangli ipak choyshab yopilgan edi. Ipak choyshab yomon saqlanganligi 
uchun naqshlar butunicha aniqlanmadi. Sohibqironning jasadi uzun qilib yotqizilgan 
bo‘lib, yuzi Makka tomonga qaratilgan edi. Amir Temur jasadi ko‘rindi. Atrofni 
allaqanday hushbo‘y hid qopladi. Bu yerda turganlar hiddanmi yoki hayratdanmi 
o‘zlarini orqaga oladilar Uning boshi, bo‘yi, oyoq tomonlari mumiyolangan 
muskullari, teri parcharalari turardi. I.V.Oshanin jasadning suyaklarini tekshirganda 
quyidagilarni aniqlagan edi: Temur yelkasi keng va bo‘yi o‘rtacha – 166,2 sm 


-99- 
bo‘lgan. Miyasining hajmi 1668 sm kub.sm bo‘lib, u erkak kishi miyasining o‘rta 
hajmidan (1500 kub.sm) ortiqdir. Antropolog Gerasimov Amir Temurning soch va 
soqoli ranglarini o‘rganib chiqadi. Suyaklari ham o‘rganadi. Afsuski, Temur 
bobomizni suyaklarini o‘rganish maqsadida Moskvaga olib ketildi. 
Amir Temur bobomiz hayoti yoshlarimiz uchun muhim tarbiya omilidir. Zero, 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning fikrlari bilan 
izohlasak, – “
Tarix bu ko‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p jahongirlarni biladi.Ularning 
aksariyati faqat buzg‘unchilik qilgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr 
bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, 
o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim” 
degan, so‘zlari fikrimizning dalilidir.
Zero, Amir Temur va temuriylar davri (XVI asr ikkinchi yarmi va XV asr) 
Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida madaniy rivojlanishning yuksak darajaga 
erishuvi, ma’naviy hayotning takomillashuvi bilan izohlanadi. 
Mening fikrimcha nafaqat tarix fani o‘qituvchisi balki, matematika, fizika, 
geografiya, ingliz tili barcha-barcha fan o‘qituvchilari buyuk davlatchiligimiz 
asoschisi haqidagi manbalarni bilishi yosh avlodga uni har doim talqin etishi milliy 
g‘ururni o‘quvchilar ongiga singdirishi lozim deb hisoblayman. Zero,buyuk 
ajdodlarimiz yod etgan yosh avlod ularga munosib ajdod bo‘lishga harakat qiladi
ularni hech qanday yot g‘oyalar chalg‘itmaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin