1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Ro‘ziyeva Istat Olimovna 
Jondor tumani 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi 
AMIR TEMUR – MOHIR DIPLOMAT 
Annotatsiya:
Barchamizga ma’lumki, yigirma birinchi asr texnika hamda 
texnologiya asridir. Bu davrda mamlakatlar o‘z hududi, o‘z rahbariga ega va bu 
ma’sul shaxslar davlat fuqarolari tinchligi uchun tinmay kurashadilar. Ammo, bunday 
jonkuyarlik avvalgi zamonlarda davlat rahbari uchun ancha qimmatga tushgan. 
Tarixda ana shunday adolatli, kuchli davlat rahbarlaridan biri bu Amir Temur edi. Bu 
maqola ana shu tarixiy shaxs va tashkil qilgan davlat, uning diplomatik aloqalari va 
ijtimoiy hayotiga bag‘ishlanadi. 


-103- 
Kalit so‘zlar:
jahon sivilizatsiyasi, “yetti qo‘l”, qanbul, janglar, Yevropa 
davlatlari, “Temur tuzuklari”. 
Barchamizga ma’lumki, yigirma birinchi asr texnika hamda texnologiya 
asridir. Dunyoning turli burchaklarida taniqli davlat va jamiyat arboblari, olimlar va 
adiblar ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlatimiz, xususan, 
Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qo‘shgan 
munosib ulushini yuksak baholab kelmoqda. 
Tarixiy hujjatlarning dalolat berishicha, 14-asrning 70-yillaridanoq Yevropa 
davlatlari vakillari Movarounnahrga kelib, bu yerdagi yangi mustaqil davlatning 
qudrati va salohiyati bilan jiddiy qiziqqanlar. Amir Temur o‘zining markazlashgan 
davlati uchun tuzilgan tom ma’nodagi Konstitutsiyasi bo‘lgan “Temur tuzuklari” 
kitobi asosida boshqargan. Amir Temur ot surgan paytda dunyo qanday qiyofada edi? 
Bundan 680 yil oldingi manzarani ko‘z oldimizga keltirsak, odamzod bugungi 
Amerika qit’asini bilmas ham edi. Evroosiyo materigi odamlari esa daraxt yaprog‘iga 
yopinib, cho‘qmor bilan ayiq, baliq ovlab, qorin to‘yg‘azib yurgan edi. Bu davrda 
Sohibqiron saltanati buyuklikka erishib,zolimlar jilovlangan, xalq osoyish topgan
davlat esa takomillashgan edi. 
Amir Temurning markazlashgan davlatni barpo etishi oson bo‘lmagan albatta. 
Bu qon to‘kishlar va shiddatli janglar natijasidir. Shu o‘rinda ayrim janglarni eslash 
joizdir. 
-Terek daryosi yonidagi jang (1395-yil, 15-17-aprel) Temur bu jangda 200 000 
qo‘shin bilan jang qilgan,yutug‘i – taktik jihatdan bu harbiy qo‘shilmalar mustaqil 
harakat qilgan va bosh qo‘mondonga bo‘ysungan. 
-Jangi loy – Temur va Husayn ibn Musalabning Jeta (Mo‘g‘uliston) xoni 
Ilyosxo‘ja bilan bo‘lgan. 
-Anqara jangi – (1402-yil 12-iyul) Amir Temur va turk sultoni Boyazid I 
Yildirim o‘rtasida bo‘lgan.


-104- 
- Qunduzcha jangi (1391-yil 18-iyun) Amir Temur va Oltin O‘rda xoni 
To‘xtamish qo‘shini o‘rtasida bo‘lgan. 
Xuddi shunga o‘xshagan bir necha janglar va g‘alabalar buyuk davlat asosi 
uchun poydevor bo‘lgan desak adashmaymiz. Masalan, qumbul (qunbul, qanbul) 
(mog‘ulcha – markazni qurshamoq, qanot muhofazasi,qo‘shin qanotlarini dushman 
hujumidan himoya qiluvchi suvoriy harbiy qism) Amir Temur jahon harbiy san’ati 
tarixida birinchi bo‘lib jang maydonida 7 qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy 
etgan. 
Amir Temur yoshligidan noyob qobiliyat, aql va tafakkurga ega ekanligi 
ma’lum. Shuning uchun ham boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar qura olgan. 
Qudratli davlat shakllangach, Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III, Fransiya 
hukmdori Karl VI,Angliya qiroli Genrix IV saroyga elchilar yuborgan va diplomatik 
aloqalar o‘rnatganlar. Sohibqiron elchisi arxiyepiskop Ioanning “Amir Temur va 
uning saroyi haqida xotiralar” asari ham o‘tgan 600 yil mobaynida diplomatik aloqa 
haqida turli tillarda yaratilgan 1000 dan ziyod asarlar orasida ishonchli va xolis 
manba sifatida alohida o‘rin tutadi. Turli mamlakat diplomatlari bu shaxs bilan 
aloqalar o‘rnatishga harakat qilganlar. 
Yuqorida aytilganidek, “Temur tuzuklari” davlat boshqaruvi uchun asos 
bo‘lgan. Quyidagi iqtiboslar shu asardan keltirilgan. “
…Mening qattiqqo‘lligim, 
bag‘ritoshligim, eng avvalo, xalqimning tinchligi, saltanatimning ravnaqi uchundir. 
Dushmanlarimga ayovsizligim rost. O‘g‘rilik, talonchilik, zo‘ravonlik ildizlariga 
qattiqqo‘llik bilan bolta urilmasa, muloyimmijozlik bilan natijaga erishib 
bo‘lmaydi…
”, “
…Ehtiyot bo‘ling, sharob, may va boshqa kayf beruvchi narsalardan 
saqlaning. Agar unga ruju qo‘ysangiz, bilingki, mulkingiz barbod bo‘ladi, 
hokimiyatingiz qulaydi
”. 
Manbalar Amir Temurni mohir strateg, omadli sarkarda deb ta’riflaydi va 
uning e’tiqodi, saltanatida dinlarning o‘rni, holati xususida quyidagilarni yozadi. 
Saltanatda diniy huquq hukmron bo‘lsa-da, Temur shu qadar dono ish yuritar ediki, 
o‘zini islomning sodiq bandasi sifatida bir necha bor amalda isbotlab bergan. 


-105- 
Onlayn kitob ilovalarida fransuz yozuvchisi Marsel Brionning “Men kim 
Sohibqiron – jahongir Temur” deb nomlangan kitobiga ko‘zim tushib qoldi. Asarni 
o‘qir ekansiz, unda Temur hayoti va faoliyati, markazlashgan davlat asoschisi 
ekanligiga amin bo‘lasiz. Dastlab muallif Amir Temurga bag‘ishlangan “Temurlan” 
ocherkini 1942-yilda chop ettirdi. 
Odamzod naslining bir vakili hayotligida qanday bo‘hronlarni boshdan 
o‘tkazgan. Nima bo‘lganda ham Amir Temur xuddi poytaxtda o‘rnatilgan muhtasham 
haykal kabi insoniyat tarixi xiyobonida hech narsani pisand qilmay, mag‘rur turibdi. 
Shunday mahalda beixtiyor biz uni buyuk davlat asoschisi, mohir diplomat deya 
baralla ayta olamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin