-112-
Muxammedova Shozoda Boboqulovna
Buxoro tuman 38-maktab o‘qituvchisi
AMIR TEMUR FAOLIYATINI O‘RGANISHDA JAHON TARIXI
MANBASHUNOSLIGI
Annotatsiya:
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir
Temur alohida o‘rinda turadi. G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlari Angliya,
Fransiya, Germaniya va boshqalarda ilm-fan va davlat arboblari Temurga ijobiy baho
berib, ilmiy, badiiy va sahna asarlari yozganlar, uni e’zozlab o‘quv yurtlari
dasturlariga kiritganlar va muzeylar tashkil etganlar. Amir Temur va temuriylar
tarixini har tomonlama chuqur o‘rganish faqat ilmiy va ma’rifiy ahamiyat kasb etib
qolmasdan, tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ham egadir.
Kalit so‘zlar:
manba, Taymur, muzey, Sohibqiron, esdaliklar, ko‘zoynak.
Tarixda ulkan saltanatlar barpo etib, dunyo hukmdorligini da’vo qilgan
jahongirlar ko‘p o‘tgan. Ammo ular orasida adolat va yuksalish g‘oyalarini shior tutib
insoniyat tamadduniga salmoqli ulush qo‘sha olganlar sanoqli. Millatimiz faxri,
g‘ururi bo‘lgan sohibqiron Amir Temur markazlashgan, qudratli davlat barpo
etibgina qolmay, o‘z saltanatida adolat tamoyillarini o‘rnata olgan hukmdor sifatida
jahon tarixida munosib o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasini XXI asrda jahonning ilg‘or va yetakchi davlatlari
qatorida bo‘lishini ta’minlashga qodir va qobil izdoshlarga ehtiyoji kun sayin ortib
bormoqda. Ular ona Vatan – O‘zbekiston manfaatlarini har jihatdan, chunonchi
siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ma’naviy-ruhiy himoya qila oladigan salohiyatga ega
bo‘lishlari lozim. Buning uchun nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki
o‘tmishda o‘tgan buyuk bobolarning hayoti va faoliyatini mukammal bilishlari shu
kunning asosiy talabi hisoblanadi. Bularni egallamay turib biror bir shaxs komillik
darajasiga erisha olmaydi[1].
-113-
Tarixda o‘tgan buyuk shaxslarimiz, ayniqsa. Amir Temurning hayoti va
faoliyati bunda asosiy mezon bo‘la oladi. Uning har qanday mushkul siyosiy, harbiy,
diplomatik vaziyatlardan
chiqib
keta
olish
zakovati,
mardligi,
jasorati,
vatanparvarligi, topqirligi, temir irodaviy xususiyatlari avlodlar uchun ibrat, hayot
maktabi, vatanga xizmat qilish namunasi bo‘lib qolishi lozim.
Endigi gap ana shunday bemisl va betakror, butun jahon e’tirofiga sazovor
bo‘lgan buyuk siyosiy va harbiy arbob, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir
Temurning hayotini chuqur va zehn bilan o‘rganishda qolgan. Yoshlarimiz uni
qanchalik mukammal o‘rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O‘zbekistonning
sobitqadam, jasur, aql-idrokli ona vatan qudratini jahonga ko‘z-ko‘z qilishga qodir va
xos fidoiy farzandlari bo‘lib etishadilar.
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur alohida
o‘rinda turadi. Ulug‘ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas.
Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o‘lchov bilan
baholab bo‘lmaydi. Uning to‘g‘risida keragidan ortiqcha ko‘p kitoblar, maqolalar,
esdaliklar, sahna asarlari yaratilgan. Ammo ular bir-biriga o‘xshamaydi, bir-birini
inkor etadi. Bu qo‘lyozma manbalarning ba’zilarida Temurning ijtimoiy-siyosiy va
davlat faoliyati xolisona va ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan bo‘lsa, boshqa
birovlarida g‘arazlik, ochiqdan-ochiq dushmanlik, ko‘rolmaslik jarayonida turib,
sub’yektiv fikr va xulosalar ilgari surilgan[2].
Yevropa tarixchilari Amir Temurni Osiyodagi eng so‘ngi saltanat sohibi
sifatida e’tirof etadilar.Buyuk sohibqiron qay tariqa bunday ulkan saltanatni barpo
etdi, qaysi yo‘llar bilan uni tartibga keltirdi va bunga qanday omillar yetakchilik
qildi? Saltanat tarixini bevosita yozib borgan muarrixlarning asarlari va boshqa
manbalardan ma’lum bo‘ladiki, yagona bayroq ostida birlashtirgan Movorounnahr va
Xuroson, Iroq va Shom, Kavkaz va Ozarbayjon, Arab yerlari, Dashti Qipchoq, Oltin
O‘rda hududlari ijtimoiy siyosiy barqarorligini ta’minlash Amir Temur va uning
a’yonlaridan katta kuch va mas’uliyat talab qilgan. Ma’lumki, sohibqiron yigirma
yettita davlatni o‘z ichiga olgan saltanatni yetti vazir yordamida boshqargan.
|