-114-
Masalaning eng ayanchli va mudhish tomoni shundaki, G‘arbiy Yevropaning
ilg‘or mamlakatlari Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqalarda ilm-fan va davlat
arboblari Temurga ijobiy baho berib, ilmiy, badiiy va sahna asarlari yozganlar, uni
e’zozlab o‘quv yurtlari dasturlariga kiritganlar va muzeylar tashkil etganlar. Masalan,
nemis olimi Dagenxard 1913 yildayoq Ovrupa sharqshunoslarining Amir Temur va
temuriylar davriga bag‘ishlangan asarlar ro‘yxati biografiyasini chop etgan edi.
Taniqli frantsuz olimlari L.Keren «Tamerlan yoxud sohibqiron salatanati» va
Jan Pol Ru «Tamerlan» nomli kitoblarida har biri Amir Temur haqidagi 100 dan ortiq
asar ro‘yxatini keltirgan bo‘lsalar, «Ulug‘bek astranomiya sultoni» (Parij – 1994)
nomli to‘plamda 40 asr, «Samarqand 1400-1500: Tamerlan poytaxti: saltanat va
uyg‘onish yuragi» (Parij – 1995) nomli asarda 27 kitob haqida ma’lumot berilgan.
«Ahmad Zakiy Validiy asarlarining tartibi» kitobida 23 asar va kitob
ko‘rsatilgan (Yosh Leninchi gazetasi 1991-yil 1-iyun) yoki N.Muhiddinovning
«Temuriylar tarixi – xalqimiz tarixi» maqolasida temuriylar sulolasi to‘g‘risidagi 44
dan ortiq manba, asarlar ro‘yxati berilgan (“Fan va turmush”, 1992-yil 11-12-sonlar).
Akademik B.Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» va «Amir Temur» asarlarida
sohibqiron va temuriylar sulolasi haqida ko‘pgina tarixiy hamda hozirgi zamonda
chop etilgan kitoblar tahlil berilgan[4].
Rus sharqshunoslari ham XIX asrning II yarmidan Amir Temur shaxsini
o‘rganishga astoydil kirishganlar eng avvalo bir qancha xorijiy davlatlarda chiqqan
asrrlar
rus tiliga
tarjima
qilingan.
Masalan,
taniqli
sharqshunos olim
N.Ostroumovning tashabbusi bilan va uning rahbarligida frantsuz tilidan tarjima
qilingan «Temur tuzuklari» ni va E.M. Langleyning «Temur hayoti» nomli asarlarini
ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsalez de
Klavixoning «Amir Temur saroyiga sayohati kundaliklari» 1990-yili Moskvada
«Nauka» nashriyotida qayta nashr etildi.
N.Likoshin o‘zbek tilidan Amir Temurning «Tarjimai holi»ni 1894-yilda rus
tilida nashr qilgan.
-115-
T.N. Granovskiy, M.I. Ivanin, D.N. Logofet, L.Zimin, I.I. Umnyakov va
boshqa bir qator rus sharqshunoslari Amir Temurning sarkardalik mahoratiga e’tibor
berilgan maqolalarni chop ettirishgan. Rus temurshunosligida ayniqsa, salmoqli
o‘rinni mashhur akademik V.V. Bartoldning chuqur tadqiqotlari «Turkiston mo‘g‘ul
istilosi davrida», «Ulug‘bek va uning davri» kitoblari, hamda taniqli sharqshunos
A.Yu. Yakubovskiyning «O‘zbekiston xalqlari tarixi» ning Amir Temur va
temuriylarga bag‘ishlangan bo‘limi, uning hammualliflikda B.D. Grekov bilan
yozgan «Oltin O‘rda va uning qulashi» va boshqa bir necha maqolalari muhim
o‘rinni egallaydi.
Bu va bir qator ko‘zga ko‘ringan temurshunoslarning maqolalari 1922-yili
nashr etilgan katta hajmli to‘plamda berilgan.Qator tarixiy manbalarimiz to‘g‘risida
chuqurroq ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tamiz.
Ami Temur va temuriylar davriga oid arab tilidagi yozma manbalar sifatida
arab tarixchisi Ibn Arabshohning (1389-1450) “Ajoyib ul maqdur fi tarixi Taymur”
(“Temur tarixida taqdir ajoyibotlari”) nomli asari alohida o‘rin tutadi. Asar ko‘proq
“Temur tarixi” nomi bilan keng tarqalgan. Muallifning o‘zi ma’lumot berishicha, bu
asar manba bo‘lib unung shaxsiy mushohada va xotiralari, Amir Temurning
yurishlarida ishtirok etgan arboblarning hikoyalari xizmat qilgan[3].
Ibn Arabshoh asarining maxsus asarining maxsus bir bo‘limi Amir Temurning
yuksak insoniy fazilatlari va alohida xislatlariga, sohibqironning tashqi siymosi va
odatlariga bag‘ishlangan bo‘lib bu tarzdagi o‘sha davrga oid boshqa manbalarda
uchramaydi. Shu bilan birga XV asrda yashagan arab tarixchilarining ko‘pgina
asarlarida Amir Temurning faoliyati, uning Misr mamlakatlari sultonlari bilan
Barquq va Nosir Faraj, shuningdek ularning Suriyadagi noiblari bilan o‘zaro
munosabatlari haqidagi ko‘pgina ma’lumotlar keltiriladi.
Amir Temur hayoti va faoliyati to‘g‘risida sharq tillarida ko‘pgina asarlar
yaratilgan. Ushbu qo‘lyozma va asarlarning bir qismi Turkiya kutubxonalarida
saqlanadi. Masalan, Hofizi Abruning “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlarning qaymog‘i”)
-116-
asarining qo‘lyozmasi hozir Istambulning eng yirik kutubxonasi Sulaymoniyada
saqlanadi.
Amir Temur yurishlarining guvohi – tarixchi olim Toj Salmoniy o‘z davrida
fors tilida “Tarixnoma” kitobini yozgan. Tarixchining ushbu kitobini Izmir shahridagi
egey universitetining professori Ismoil Og‘a turk tilida ag‘darib 1988-yili Anqarada
nashr qilgan. Uzoq yillardan buyon Temur yurishlari va temuriylar tarixini o‘rganish
bilan shug‘ullanayotgan taniqli tarixchi Ismoil og‘a 1991-yil Anqarada Turkiya
tarixchilari jamiyatida “Temur va uning davlati” degan ilmiy asarini e’lon qilib, unda
Temurning yurishlarini batafsil tasvirlaydi, ulug‘ sarkarda vafotidan keyin temuriylar
orasidagi ichki ziddiyatlarni ochib beradi.
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida sohibqiron Amir Temur alohida o‘rinda
turadi. Ulug‘ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. Shu
boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o‘lchov bilan
baholab bo‘lmaydi[1].
Shuni chuqur taassuf bilan ta’kidlamoq lozimki, XX asrning 60-80-yillarida
markscha-lenincha mafkura tayziqi ostida bo‘lgan ayrim sovet tarixchi olimlari Amir
Temur shaxsini «faqat qora ko‘zoynak orqali» talqin etadilar. Ular Amir Temur
bobomizni «qonxo‘r», «bosqinchi», «kallakesar», «o‘g‘ri» va h.k. deb atadilar.Sobiq
sho‘rolar davrida markscha-lenincha mafkura hukmronligi tufayli Amir Temur
haqida ijobiy fikr bildirilgan asar yoki maqola yozish u yoqda tursin, buyuk
vatandoshimizning hatto nomini ham tilga olish ta’qiqlab qo‘yilgan edi. Amir
Temurning nomi faqat qora bo‘yoqlarda o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga kiritildi.
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini chuqur bilish nima uchun zarur?
Birinchidan, o‘z tarixini, nasl-nasabini, merosini bilmagan millatning kelajagi
bo‘lmaydi. Chunki har bir xalqning o‘z tarixi mavjud. O‘z tarixini bilmagan, uning
ijobiy va salbiy tajribalarini o‘rganib, tegishli xulosalar chiqarmagan xalq bugungi
hayotning qadrini va muammolarini tushunib eta olmaydi, o‘z kelajagi haqida aniq
tasavvurga, puxta ishlangan dasturga ega bo‘la olmaydi. Biz kelajagi buyuk
-117-
O‘zbekistonni barpo etishga kirishgan ekanmiz, bobokalonimizning ulug‘ hayoti va
faoliyati bizga katta ishonch, intilish, qattiyat va kuch-quvvat baxsh etadi.
Ikkinchidan, Amir Temur va temuriylar tarixini har tomonlama chuqur
o‘rganish faqat ilmiy va ma’rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, tarbiyaviy va amaliy
ahamiyatga ham egadir. Bu davrda tikllangan va rivojlangan tarix saboqlaridan
mustaqillik yo‘lida foydalanish zarur.
Tarix har bir insonni o‘z vataniga muhabbat, sadoqat, o‘z xalqining o‘tmishi
qaqida aniq tasavvurga ega bo‘lish, uning hozirgi kuni va kelajagi bilan g‘ururlanish
ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biridir. Shu boisdan Amir Temur va
temuriylar davri tarixini o‘rganish va tahlil qilish hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.
Dostları ilə paylaş: |