-131-
Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning marhamatidan bahramand bo‘lib, uning
xizmatida bo‘ldilar. Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me’morchilik,
falakiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e’tibor berib,
sohibi
hunarlar bilan qilgan suhbatlari haqida fransuz olimi Lyangle shunday yozadi:
«
Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan
kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora
va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun
ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu sohalarga
g‘amxo‘rlik kilishga asosiy e’tiborini berardi
».
Amir Temurning zamondoshi muarrix Hofizi Abru yozishicha: “
...hazrat
Sohibqiron Amir Temurning humoyun va saodatli ayyomida Movarounnahr yer yuzi
mamlakatlarining poytaxtiga aylandi. Jahonning turli joylaridan olimu fuzalolar,
muhandislar va hunarmandlar bu yerga oqib kelib, yashab ijod eta boshladi
”[3,59].
Aytib o‘tish joizki, azaldan olimu fuzalolar va hunarmand odamlar (ijodkor va
bunyodkorlar) ijod qilish uchun qaerda qulay sharoit bo‘lsa, shu tomonga talpinib
yashagan. “
Amir Temur jamiyat va davlat taraqqiyotini, kelajagini fan va madaniyat
ravnaqisiz tasavvur qilib bo‘lmasligini yaxshi tushungan. Shuning uchun iste’dod
egalari maxsus va doimiy e’tiborga muhtoj va loyiq bo‘lishlari, noyob qobiliyat
egalarini muhofaza qilish, ijodlari uchun sharoit yaratish, turmushlarini ta’minlash
zarurligini ham u to‘g‘ri anglagan
”[4,197].
Fransuz olimi Lyangle ham Amir Temurning ilm-ma’rifat allomalariga, sohibi
hunarmandlarga qanchalik hurmat bilan munosabatda bo‘lganligi to‘g‘risida shunday
deydi: «
Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini
ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan,
idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish
uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Negaki, Temur bu
sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tiborini berardi
».
Bundan
tashqari, Sohibqiron davlat va jamiyat boshqaruvidagi faoliyatini ilm
ahlining ma’naviy ko‘magiga tayangan holda olib borgan. U olimu ulamolarga
-132-
yuksak ishonch bildirib, qudratli davlat barpo etishda ularning beqiyos o‘rni borligini
alohida ta’kidlab o‘tgan. Amir Temur hazratlari qaysi mamlakatni fath etsa, shu
yerlik ijodkor ahlini izlab toptirib, ularni ham moddiy, ham ma’naviy tomondan
qo‘llab-quvvatlagan. Izzat-hurmatini o‘z o‘rniga qo‘ygan. «Temur tuzuklari»da bu
borada shunday deyiladi: «
Sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil va dono kishilar,
muhaddislar va tarixshunoslarni sara va e’tiborli kishilar deb hisoblab, hurmat-
izzatlarini o‘rniga qo‘ydim... Olimlar bilan suhbatda bo‘ldim va pok niyatli, toza
qalbli kishilarga talpinib yashadim
».
Darhaqiqat, biz yashagan zamin Sohibqiron Amir Temur davrida ham, bugungi
kunda ham ham ko‘pchilikning havasini keltirayotgani rost. Eng asosiysi, raiyat deb
atalmish xalq rozi bo‘lgan. Shuning uchun ham Amir Temur hukmronligi davrida
xalq tinch, osoyishta va farovon turmush kechirgan. Bu Sohibqironning doimo xalq
g‘amida, uning manfaati yo‘lida faoliyat yurgizganligidan, raiyat ahvolidan doimo
xabardor bo‘lganidan dalolat beradi.
«Temur tuzuklari»da yozilganidek: «
Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim.
Ulug‘larini ota qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim. Har yerning tabiati,
har el-yurt va shaharning rasmu odatlari va mizojidan voqif bo‘lib turdim. Har bir
yurt va shahar aholisining ulug‘lari bilan do‘st tutindim. Ularning mizojlari va
tabiatiga to‘g‘ri kelgan, o‘zlari tilagan odamlarini ularga hokim qilib tayinladim
».
Ma’lumki, saxovatpeshalik, mehr-muruvvatlilik, fuqaroning turmushi va hol
ahvolidan xabardor bo‘lish faqat buyuk davlat arboblariga xos bo‘lgan fazilatdir.
Amir Temur hazratlariga xos bo‘lgan ushbu fazilat bugungi
kunda mamlakatimizda
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatda o‘z aksini
topmoqda.
Darhaqiqat, yurtboshimiz yordam va ko‘makka muhtoj insonlarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ijtimoiy
hayotda mehr-muruvvat, saxovat va o‘zaro yordam masalalariga alohida ahamiyat
berib kelmoqda.
-133-
Albatta, amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlarning pirovard maqsadi xalqni rozi
qilishga, uning og‘irini yengil qilishga qaratilgan. Buni quyidagi so‘zlardan ham
anglab olish mumkin: «
Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – shu xalq.
Barchamizga tuz-nasiba bergan ham shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib
saylagan ham shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot
qilishimiz kerak, odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak,
avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa,
ishimizda unum va baraka bo‘ladi. Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan
rozi bo‘ladi
».
Xulosa qilib aytganda, Sohibqiron Amir Temur milliy davlatchiligimiz tarixida
nafaqat yetti iqlim sultoni sifatida, balki yurt obodonchiligi va xalq farovonligi
yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etgan buyuk davlat arbobi sifatida qoladi. Amir
Temurdek
tabarruk zotlar haqida, ul ulug‘ inson yaratgan buyuk ishlar, bizlarga
qoldirgan buyuk meros abadul abad o‘zligimizni anglashga xizmat qilaveradi, ulug‘
ajdodlarimizni o‘qib o‘rgansak ular bizga shunchalik pok ruhiy madad, yuksak
ma’naviyatni ato etaveradi.
Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun
doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. “
O‘zligimizni anglab, buyuk
tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam
bo‘lmaymiz. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni
zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi
kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi
[1,146]”.
Dostları ilə paylaş: