Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild – T.: “O‘zbekiston”, 2017.
2. Temur tuzuklari/Forschadan A.Sog‘uniy va H.Karomatov tarjimasi. So‘z
boshi va mas’ul muharrir Muhammad Ali. – T.: Sharq, 2005.
3. O‘rolov A, Xojixonov M. Temuriylar ma’naviyati va madaniyati. –
Samarqand: So‘g‘diyona, 1996.
-134-
4. Ziyo A. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – T.: Sharq, 2000.
Jumayeva Mahorat Ga’ybullayevna
Kogon tuman ijtimoiy fanlar bo‘yicha trener
TEMURIYLAR DAVRIDA MUSIQA VA TASVIRIY SAN’AT
Annotatsiya
: Bugungi kunimizning dolzarb muammolaridan biri tarixda
yashagan buyuk allomalarimizning ijod yo‘lini mukammal o‘rganmay turib,
ijodkorlikka qo‘l urish va bunday qilayotgan ijodkorlar shaxslar talaygina. Ayniqsa
musiqa va rassomchilik sohasida bu jarayon yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu tezis bu
muammoning kichkina bir qismiga bag‘ishlab yozildi.
Kalit so‘zlar
: Marog‘iy, Kamoliddin Behzod, musiqa maktabi, Moniy Soniy,
miniatura san’ati, Hirot, Tabriz maktabi, “Zafarnoma”.
“Temur dunyoga kelgan yurtda falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya,
geografiya, tarix, adabiyot sohalarida olamshumul asarlar yaratildi. Bu asarlar
keyinchalik Yevropa uyg‘onish davriga turtki bo‘ldi va Yevropa fanining uzoq asrlar
davomida taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qildi. O‘n beshinchi asrni Temuriylar
Renesansi davri deb atash mumkin”, – deb yozadi Sohibqiron shaxsiyatining hozirgi
zamon angliyalik tadqiqotchisi Xilda Xukxem. Haqiqatdan ham Amir Temur va
temuriylarning bevosita amaliy sa’y-harakati va rahnamoligi tufayli mamlakatda fan,
madaniyat, san’atning ko‘p sohalari gurkirab taraqqiy topdi. Sulola vakillarining
homiyligi ostida quyidagi to‘rt yo‘nalishda to‘rt maktab yuzaga keldiki, ularning har
birida samarali ijod mahsullari yaratilib, o‘z davri uchun ham, bugungi kungacha ham
ilm-fan sohasida qo‘llanma vazifasini o‘tamoqda:
-
Astronomiya maktabi
– Mirzo Ulug‘bek rahnamoligida tashkil etilgan va
o‘ziga xos akademiyaga aylangan. Bu yerda shunday astronomik jadvallar tuzildiki,
bizning zamonamizgacha deyarli bir darajada barqaror bo‘lgan ilmiy ahamiyatini
saqlab kelmoqda.
-135-
-
Badiiy adabiyot maktabi
– Alisher Navoiy hazratlarining tashabbusi bilan
asos solingan. Navoiy juda serqirra ijodkor ekanligini shunday namoyon qilldiki,
bugungi kunda u kishining asarlari dunyoning bir qancha tillariga tarjima qilindi va
qilinmoqda, fan olamida Navoiyshunoslik yo‘nalishi vujudga keldi, haykallari 10 dan
ortiq davlatlarda tiklandi.
-
Musiqa maktabi
– Abdulqodir Marog‘iyning noyob qobiliyati ila tashkil
topgan. U kishi yaratgan musiqalar o‘z davridan keyin butun musulmon olami
musiqasi ravnaqining g‘oyat muhim omili bo‘lib xizmat etdi.
-
Miniatura maktabi
– Kamoliddin Behzod tomonidan yaratildi hamda o‘z
davrining mashhur akademiyasiga aylanib, bir qancha ijodkorlarni yetishtirib chiqara
oldi.
Astronomiya va badiiy adabiyot maktablari haqida ko‘pgina asarlar, ilmiy
maqolalar, sahna asarlari ham yaratildiki, bu haqida ko‘pchiligimiz xabardormiz.
Ammo, temuriylar davrining musiqa va tasviriy san’at maktablari haqida ko‘pchilik
adabiyotlarda qisqacha tushunchalar berib o‘tilgan. Vaholanki bu maktablar ham
o‘ziga xos ilmiy va badiiy meros qoldira olgan.
Temuriylar davri musiqa maktabi asoschisi Abdulqodir Marog‘iy bir qancha
vaqt Bag‘dodda Sulton Ahmad saroyida xizmat qiladi. Bu shahar temuriylar davlati
tarkibiga kiritilganidan keyin Marog‘iy poytaxt Samarqandga kelib, Sohibqironning
saroyida xizmat qiladi. Keyinchalik esa Hirotda Amir Temurning o‘g‘li Shohruh
saroyida ham bir qancha vaqt xizmatda bo‘ladi. Forobiy, Ibn Sino, Sayfuddin Abdul
Mo‘min Urmaviy va boshqalarning Sharq musiqasiga doir asarlarini qunt bilan
o‘rganadi. O‘zining egallagan bilimlari asosida XIV-XV asrlar Sharq musiqasi
nazariy muammolariga bag‘ishlangan asarlar yaratadi. Marog‘iyning ma’naviy
merosi faqat Markaziy Osiyo va Xuroson musiqasining nazariy muammolarini hal
etish bilangina chegaralanmagan bo‘lib, o‘ta noyob qobiliyat egasi ekanligini
bastakor sifatida yaratgan musiqalaridan fahmlash mushkul emas. Uning Iroq
maqomi yo‘li bilan ijro etiladigan “Peshravi dor” va “Amali tarona” kabi asarlari xalq
ichida nihoyatda ommalashib ketib, bugungi kunda ham kuylanib, o‘lmas meros
-136-
ekanligini isbotlayapti. Marog‘iy ijodining noyobligi shundaki, u dastlab Bog‘dodda
yashadi va arab, fors, ozarbayjon xalqlari musiqasini puxta o‘rgandi. Keyin esa
Samarqand va Hirotda yashab, Markaziy Osiyo musiqasini ham qunt bilan o‘rgandi.
Ijod mahsullarida esa Markaziy Osiyo va O‘rta Sharq musiqalarini birlashtirgan
holatda yarata oldi va yangi bir ohanglar musiqa olamiga yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Marog‘iy ijodini o‘rganish davr talabi deb o‘ylayman. Chunki bugungi kunda moddiy
boylik istab musiqa san’ati bilan shug‘ullanib kelayotgan bir qancha havaskor
xonandalar avvalo musiqa tarixiga nazar solishlari, marog‘iy singari qunt bilan
o‘rgamoqliklari ularni san’at olamida boqiy musiqalar yaratishlariga asos bo‘lib
xizmat qiladi.
Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod boshchiligidagi tasviriy san’at
maktabi o‘z davri ma’naviyatihamda mafkurasining taraqqiyotiga kuchli ta’sir
o‘tkaza olgan. Behzodning yashagan davri temuriyzoda Husayn Boyqaro,
Shayboniylar davri, Eronda hukmronlik qilgan Ismoil Safaviy va Tahmasplarga
to‘g‘ri keladi. O‘rta asrlarning san’at olamida Hirot hamda Tabriz rassomchilik
maktablarining yaratilishi Behzod nomi bilan bevosita bo‘gliq. Bu ijodkor asosan
miniature va portret ustasi sifatida keng tanilgan. Husayn Boyqaro, Muhammad
Shayboniyxon, Alisher Navoiy portlarini chizdi va bizning davrimizga bu noyob
san’at durdonalari yetib kelgan bo‘lib o‘z ahamiyatini va rang barangligini
yo‘qotmagan. Hukmdorlarning qabul marosimlari, jang maydonidagi manzaralar,
turli tarixiy voqealar haqqoniy vat a’sirli qilib tasvirlanganki, biz bu tasvirlarni
sinchiklab kuzatganimizda o‘sha davr kishilarining ichki kechinmalari, tashqi
ko‘rinishi, kiyimlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘la olamiz. Behzod noyob
qobiliyat egasi bo‘lganligi uchun unga “Moniy Soniy” va keyingi san’atshunos
olimlar tomonidan “Sharq Rafaeli” nomlari berilgan. Husayn Boyqaroning davlat
kutubxonasida rahbarlik qilgan davrida Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”
asariga jang jarayonlarini shunday mahorat bilan tasvirlaganki, uni tomosha qilgan
inshon jang maydonidagi so‘z bilan ifoda etilmaydigan holatlar haqida ma’lumotga
ega bo‘la oladi. Xotifiyning “Temurnoma” asariga va Sa’diyning “Bo‘ston” asariga
-137-
ham miniaturalarni mohirona qilib yaratgan. O‘ziga homiylik qilgan, ustozi deb
bilgan Alisher Navoiyning ham asarlariga bir qancha miniaturalar chizdi. Behzodning
an’analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning ijodi va
merosi san’atshunoslar, rassomlar tomonidan keng o‘rganilishi shart va zarur deb
o‘ylayman.
Insonga ma’naviy ozuqa beradigan musiqa va tasviriy san’at namunalarini
yaratish har qanday insonga xos fazilat hisoblanmaydi. Bunday noyob namunalar
yaratgan shaxslar o‘ta kuchli iqtidor va noyob xislatlarga ega bo‘lib, o‘zi qiziqqan
bilimlarni qunt bilan o‘rganganlar va keyin egallagan bilimlari asosida yangi ijod
mahsullarini
yaratganlar.
Bugungi
kunda
dolzarb
muammolardan
biri
yaratilinayotgan musiqa va rassomchilik namunalari negadir umrboqiy emas. Tarixda
yashagan ota-bobolarimizning izlaridan mukammal yurish vaqti kelmadimikan,
ularning hayoti, ijod yo‘lini mukammal o‘rganish soha vakillariga majburiy
mashg‘ulotga aylanishi kerak emasmi? Xuddi shunday savolni har-bir kasb-hunar
egasi o‘ziga berib ko‘rishini va qat’iy amal qilishini istardim. Toki Kamoliddin
Behzod singari dunyo tan olgan, o‘lmas asarlar yarata olish kuchiga ega bo‘lgan
ijodkorlar dunyoga kelsin.
Dostları ilə paylaş: |