-141-
rahbariyati va tarixchilarining, shu bilan birga keng
jamoatchilikning diqqat
e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston olimlarining samarali
tadqiqotlari natijasida milliy tariximizning ilgari noma’lum bo‘lgan sahifalari ochildi,
tarixiy o‘tmishimizning ko‘p jihatlari kashf etildi. Tarixiy haqiqatni tiklash
jarayonida zamonaviy yondashuvni talab qiladigan
dolzarb muammolar mavjud
bo‘lib, ular qatoriga, davlatchiligimiz tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy
shaxslarning hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.
Shunday
shaxslardan biri Sohibqiron Amir Temur bo‘lib, “tengsiz azmu shijoat, mardlik va
donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo
buyuk saltanat barpo etib,
davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi,
ilmu fan,
madaniyat bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi”.
Amir Temur shaxsi, davlati, shuningdek temuriylar davri tarixi haqida
o‘quvchilarga ma’lumot berish bilan bir qatorda o‘sha davr tasavvurini o‘quvchi
ongida gavdalantirish ham juda muhim hisoblanadi.
Bunda bugungi kun talabidan
kelib chiqib dars jarayonida noodatiy fikrlashga undovchi, o‘ziga xos uslublardan
foydalanish ancha samarali natija beradi.
Dostları ilə paylaş: